Qanday yordam kerak?

Bolalar oʻquv yilining oxirigacha kursda qolishi uchun algebra 2 boʻyicha uchinchi sinflarga moʻljallangan matematikani oʻqitish boʻyicha haftalik oʻquv reja

Yangilangan

Koʻpgina maktab tumanlari oʻquv yilining oxirigacha yopilishini eʼlon qilar ekan, Khan Academy jamoasi farzandlaringizning taʼlim olishiga yordam berish maqsadida yangi manbalar yaratdi. Bizning algebra 2 dan 3-sinfgacha boʻlgan matematikani oʻrganish boʻyicha haftalik oʻquv rejalarimiz farzandlaringizni oʻz faoliyatini davom ettirishga va oʻquv yilini muvaffaqiyatli yakunlashga undaydi.

Ushbu haftalik oʻquv rejalari sizga va farzandingizga kuzda maktabni boshlashga tayyor boʻlish uchun oʻqishga diqqatni qaratishga yordam beradi. Bizda 12 haftalik va 20 haftalik dars rejalari bor. Farzandingiz sinfini tanlang va uning oʻz darajasiga mos tushunchalarni oʻzlashtirishiga yordam berish uchun haftalik rejalardan foydalanishni boshlang.

Rejalardan qanday foydalanish kerak? Salmonxon haftalik rejalardan qanday foydalanish kerakligini tushuntirib beradi.

Ushbu haftalik rejalarni bizning “Kunlik jadvallar”imiz bilan birlashtiring, kunlik jadvallar maktablar yopiqligi davrida sizga farzandingizning kundalik vaqtlarini oʻqish uchun toʻgʻri taqsimlashga yordam beradi. Biznik kunlik jadvallarimiz oʻrganuvchilarning yoshiga mos tarzda belgilangan oʻquv soatlari, harakatlanish uchun koʻpgina tanaffuslar va oʻz qiziqish va ishtiyoqiga koʻra mashgʻulotlar bilan shugʻullanish vaqtlarini oʻz ichiga oladi.

Biz bilan boshlashga tayyormisiz? “Ota-onalar uchun qoʻllanma”mizdan foydalaning va oʻzingiz va farzandingizning faoliyatini taʼminlash uchun Khan Academyʼda bepul akkauntlar yarating. Oʻqituvchilar quyidagi boʻlimga murojaat qilishlari mumkin: masofaviy taʼlimni tezkor boshlash uchun qoʻllanma.

Khan Academy maktablar yopiqligi davrida yosh bolalarning taʼlim olishiga qanday yordam berayotgani haqida koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin.