Qanday yordam kerak?

Ota-onalar uchun qisqa yoʻriqnoma

Yangilangan

Ushbu maqolani boshqa tilda oʻqish:

:indonesia: Bahasa Indonesia      

:bulgaria: български

:fr: Français     

:mexico: Español

:india:  हिन्दी (इंडिया)

:brazil: Português (Brasil)      

 

-------

Khan Academyʼga xush kelibsiz! Ota-onalar farzandlarining Khan Academyʼda yaxshi bilim olishini qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham siz va farzandingizga imkon qadar tezroq va osonroq bilim olish hamda yaxshi natijalarga erishishda yordam berishni xohlaymiz.

Sizda maktablar yopiqligi davridagi masofaviy taʼlim bilan bogʻliq koʻpgina savollar borligidan xabardormiz va biz sizga bu borada yordam berishni istaymiz. Biz ota-onalar uchun eng koʻp soʻraladigan savollarga javoblar boʻlimini yaratdik, u sizga masofaviy taʼlimga oid barcha savollaringizga javob topishinigizda yordam beradi.

Agar siz boshlashga tayyor boʻlsangiz, ushbu qoʻllanmadan foydalanib farzandingiz va oʻzingiz uchun qanday boshlash kerakligini bilib olishingiz mumkin. Lekin buning uchun berilganlarning barchasini oʻqishingiz shart emas. 15 daqiqa ichida 1–4-bosqichlarni tugata olasiz. Iltimos, quyida berilgan bosqichlardagi tegishli havolalardan foydalanib kerakli qismga oʻting:

1-bosqich: oʻzingiz uchun ota-ona akkauntini yarating yoki mavjud akkauntingizdan foydalanib tizimga kiring.

2-bosqich: ota-onalar uchun uskunalar paneli bilan tanishib chiqing.

3-bosqich: farzandingizning mavjud akkauntini qoʻshing yoki yangi akkaunt yarating.

4-bosqich: farzandingizni tizimga kiriting.

5-bosqich: batafsil maʼlumot uchun mahorat kurslari bilan tanishib chiqingfarzandingizga oʻz faoliyatini boshlashga yordam bering va oʻzlashtirish natijalarini kuzatib boring.

6-ixtiyoriy bosqich: bizning qoʻshimcha manbalarimiz bilan tanishib chiqib,akkauntlarni boshqarish va farzandingizga Khan Academyʼda bilim olishga yordam berish haqida koʻproq maʼlumot oling.

-----

1-bosqich: ota-ona akkauntini yaratish

Eng birinchi qilinadigan ish: agar sizda akkaunt mavjud boʻlmasa, oʻzingiz uchun bitta akkaunt yaratishingiz kerak boʻladi. Buning uchun Khan Academy bosh sahifasiga oʻting va u yerda “Ota-onalar” boʻliminingustiga bosing.

 

 

Sizda Google, Facebook akkauntingiz yoki foydalanuvchi nomi va parolingizdan foydalanish tanlovi ham mavjud. Oʻzingiz uchun eng maʼqul boʻlgan yoʻlni tanlang.

Create_your_Parent_Account.png

eng yuqori^

Mavjud akkauntingizdan foydalanib tizimga kirish

Agar sizda allaqachon Khan Academy akkaunti mavjud boʻlsa (siz uni ota-ona sifatida ishlatmagan boʻlsangiz ham), ushbu akkauntdan foydalanib tizimga kirishingiz mumkin. Sahifaning oʻng burchagida joylashgan “Login” tugmasini bosing:

 

 eng yuqori^

2- va 3-bosqichlar: ota-onalar uchun uskunalar paneli bilan tanishib chiqish va farzandingiz uchun akkaunt yaratish

Agar siz oʻz akkauntingizni yaratgan boʻlsangiz yoki mavjud akkaunt yordamida tizimga kirgan boʻlsangiz, sizda ota-onalar uchun uskunlar paneli bilan tanishib chiqish imkoniyati paydo boʻladi. Agar sizda ota-onalar uchun uskunlar paneli avtomatik ravishda ochilmasa, sahifaning oʻng burchagidagi ismingiz ustiga bosing va “Ota-onalar uchun uskunalar paneli”ni  ochiladigan menyudan tanlang. 

 

Agar siz uskunalar panelini birinchi marta koʻzdan kechirayotgan boʻlsangiz, dastlab u yerda “Xush kelibsiz” xabarini va oʻzingizning boʻsh uskunlar panelingizni koʻrasiz. Farzandingiz bilan bogʻlanish uchun “Farzandni qoʻshish” tugmasinibosing.

Add_a_Child_in_Your_New_Parent_Dashboard.png

Farzandingizning yoshi va ularda Khan Academy akkaunti mavjud yoki yoʻqligiga qarab, ularni qoʻshish usullari farq qiladi.

Khan Academy akkauntiga ega boʻlgan farzandingizni qoʻshish

Agar farzandingizda Khan Academy akkaunti mavjud boʻlsa (misol uchun, undan maktabda foydalansa), siz ota-ona sifatida oʻsha akkauntga bogʻlanishingiz mumkin! Shu tariqa siz farzandingizning maktabdagi oʻzlashtirish natijalarini koʻrishingiz, ularning oʻqituvchilari esa uyda bajarilgan topshiriqlarni koʻrishi mumkin boʻladi va bir nechta akkauntdan foydalanib yurishingizga toʻgʻri kelmaydi.

Farzandingizning mavjud akkauntini qoʻshish uchun ota-ona uskunalar panelida joylashgan “Farzandni qoʻshish” tugmasini bosing, soʻngra “Farzandimda allaqachon akkount mavjud” tugmasini tugʻilgan kundan keyingi qatordan topib, ustiga bosing.

 

 

Farzandingiz Khan Academy akkauntini yaratish uchun foydalangan elektron pochtaga kiring (agar farzandingiz akkauntni maktabda yaratgan boʻlsa, katta ehtimol bilan maktab pochtasidan foydalangan) va “Next”ni bosing.

Ask_for_Coaching_Access_by_Email.png

Sizga taklif joʻnatilganini tasdiqlovchi va tizimdan chiqib, farzandingizni tizimga kiritishingiz kerakligi haqida xabar joʻnatiladi.

Agar ota-onalar uchun uskunalar paneliga qaytsangiz, u yerda farzandingizning ismi bilan birga ularning taklif etilganligi toʻgʻrisidagi xabarni koʻrasiz:

Existing_Child_Invitation_in_Parent_Dashboard.png

Farzandingiz tizimga kirganda sahifaning yuqori oʻng burchagida joylashgan foydalanuvchi ismi yonida bildirishnomani koʻrishi mumkin boʻladi:

 

Ular ismlari ustiga bosib, “Bildirishnomalar” yon sahifasiga oʻtishadi, u yerda esa sizning ota-ona sifatida qoʻshilish soʻrovingizni topishlari mumkin boʻladi: 

Sizning soʻrovingizni qabul qilish uchun ular “Ota-ona sifatida qoʻshish” tugmasini bosadi va tasdiqlash haqidagi xabarni koʻradi.

Keyingi gal akkauntingizga kirganingizda siz ham farzandingiz taklifingizni qabul qilganligi haqida bildirishnoma olasiz:

Accepted_Parent_Request_Notification.png

eng yuqori^

13 yoshdan kichik boʻlgan bolalar uchun akkaunt yaratish

Agar farzandingiz 13 yoshdan kichik boʻlsa, ular foydalanish imkoniyati cheklangan akkauntga ega boʻladi va ularning akkauntini siz yaratishingiz va boshqarishingiz kerak boʻladi.

Sizdan farzandingiz uchun foydalanuvchi ismi va parolini, maktab darajasini va jinsini kiritish soʻraladi (agar soʻnggi maʼlumotni berishni istamasangiz, bu muammo boʻlmaydi! Shunchaki “Muhim emas”ni tanlang). Shuningdek, siz farzandingizga boshqa oʻqituvchilarni (oʻqituvchilar, boshqa ota-onalar va vasiylarni) qoʻshish huquqini ham berishingiz mumkin. Farzandingiz haqidagi maʼlumotni tahrirlab boʻlganingizdan soʻng “Keyingi” tugmasini bosing.

Sizga tasdiqlash toʻgʻrisida xabar joʻnatiladi va siz ota-onalar uchun uskunalar paneliga qaytishingiz yoki boshqa farzandingizni qoʻshishingiz mumkin boʻladi.

eng yuqori^

13 yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun akkaunt yaratish 

Agar farzandingiz 13 yoshdan katta boʻlsa, ular oʻz akkauntlarini boshqarishi mumkin. Sizning oldingizda ular uchun akkaunt yaratish yoki farzandingizga sizning ota-ona sifatidagi ishtirokingiz bilan akkaunt yaratish haqidagi elektron xabar joʻnatish tanlovi boʻladi. 

Agar ular uchun akkaunt yaratmoqchi boʻlsangiz, ularning foydalanuvchi ismi, paroli, maktab darajasi va jinsi haqidagi maʼlumotni kiritishingiz kerak boʻladi (soʻnggi maʼlumotni kiritishni istamasangiz, bu muammo emas! Shunchaki “Muhim emas”ni tanlang). Maʼlumotlarni kiritib boʻlgach “Keyingisi” tugmasini bosing.

Agar siz ularga elektron xabar joʻnatmoqchi boʻlsangiz, “Farzandingizning emaili bormi?” savoli yonidagi “Ha” tugmasini bosing va ularning elektron pochta manzilini kiriting. Farzandingizga quyidagi koʻrinishda xabar joʻnatiladi:

 

Ular “Khan Academyʼga qoʻshilish” tugmasini bosadi va akkaunt yaratish bosqichlaridan oʻtadi, siz esa ota-ona sifatida avtomatik tarzda ularga bogʻlanasiz.

eng yuqori^

4-bosqich: farzandingizning tizimga kirishiga yordam berish

Farzandingizning akkauntiga bogʻlanganingizdan soʻng, ularning akkauntini tizimga kiritishingiz kerak boʻladi. Agar siz va farzandingiz bitta kompyuterdan foydalanayotgan boʻlsangiz, farzandingiz Khan Academyʼdan foydalanishni istagan vaqtda ota-ona akkauntingizni tizimdan chiqarishingizga toʻgʻri keladi.

Tizimdan chiqish uchun istalgan sahifaning yuqori oʻng burchagida joylashgan ismingizning ustiga bosing va“Log Out”ni tanlang.

 

Farzandingiz oʻzi uchun yaratilgan foydalanuvchi ismi va paroli yordamida tizimga kirishi mumkin.

 

eng yuqori^

5-bosqich: mahorat kurslarini tushunish

Khan Academyʼda biz individuallashtirilgan, mahoratga asoslangan oʻquv tizimini taklif etamiz. Mahoratga asoslangan tizim shuni anglatadiki, farzandingiz biror tushuncha yoki koʻnikmani mahorat darajasida oʻzlashtirmagunicha uning ustida ishlashni davom ettiradi. Siz farzandingiz ushbu koʻnikmani talab qiluvchi vazifa yoki topshiriqni muvaffaqiyatli tamomlaganida uni mahorat darajasida oʻzlashtirganini bilishingiz mumkin boʻladi . 

Kurslarimizning aksariyati mahorat tizimidan foydalanadi -- quyida ularning toʻliq roʻyxati keltirilgan. Siz va farzandingiz ushbu kurslarni (yoki istalgan boshqa kurslarimizni) “Kurslar” ochiladigan menyusidan topishingiz mumkin, ushbu menyu istalgan sahifaning yuqori chap burchagida joylashgan.

 

eng yuqori^

5-bosqich (davomi): farzandingizga Khan Academyʼni boshlashga yordam berish

Agar siz farzandingiz qaysi kursdan boshlashi kerak ekanligini aniq bilmasangiz, oʻqituvchi bilan bogʻlanib, ulardan qayerdan boshlash kerakligi haqida maslahat soʻrashni tavsiya etamiz. Agar oʻqituvchi bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmasa, farzandingizning uyga vazifasiga qarang yoki ulardan maktabda eng soʻnggi oʻtilgan mavzu haqida soʻrang. Ushbu mavzuga mos keluvchi onlayn manbalarni qidiring.

Kursda oʻqishni boshlash uchun farzandingiz “Kurslar” ochiladigan menyusidagi kurs nomining ustiga bosishi kerak boʻladi. Quyidagi misolda ular yuqori maktab matematikasini tanlaydi vashu kursga oʻtadi.

 

 

Ular oʻrganishni oʻzlari istagan boʻlimdan boshlashi mumkin. Ushbu misolda ular matematika I ni tanlaydi.

 

 

Boʻlimning sahifasiga oʻtilgach ular oʻzlari ishlashni xohlagan har qanday video, maqola yoki mashqni tanlashi mumkin boʻladi. Ushbu misolda ular “Umumiy maʼlumot” va “Algebra asoslari” mavzusidagi algebra tarixi videosini tanlaydi.

 

eng yuqori^ 

5-bosqich (davomi): farzandingizning oʻzlashtirish natijalarini kuzatib borish

Siz ota-onalar uchun uskunalar panelidan foydalanib, farzandingizning Khan Academyʼdagi oʻzlashtirish natijalarini kuzatib borishingiz mumkin. Ularning faoliyatini koʻrish uchun farzandingizning ismi ustiga bosing.

Following_Your_Child_s_Progress_in_the_New_Parent_Dashboard.png

Shu orqali siz natijalar sahifasiga oʻtasiz, lekin chap tomondagi menyu orqali ham farzandingizning profil sahifasiga yoki oʻqituvchilar sahifasiga oʻtishingiz mumkin.

 

Natijalar haqidagi hisobot sizga farzandingiz faoliyatini vaqti, mavzusi va mashgʻulot turiga (mashq, maqola, video, test sinovi va boshqalar) qarab koʻrib chiqishga imkon beradi. Siz ular bajargan topshiriq nomini, qachon bajarilganini va qancha vaqtda bajarilganini koʻrishingiz mumkin.

Bundan tashqari, agar topshiriqda koʻnikmalar ustida mashqlar bajarish yoki savollarga javob berish soʻralgan boʻlsa, siz farzandingizning mahorat darajasini, topshiriqlarni bajarish jarayonida qanchalik oʻzgarish boʻlganini (mahorat darajasida oshish boʻlganmi yoki tushish kabi) va topshiriqda qancha toʻgʻri va noʻtoʻgʻri javob boʻlganini koʻrishingiz mumkin.

Yodingizda boʻlsin, agar farzandingiz topshiriqni endigina tamomlagan boʻlsa, bu ularning oʻzlashtirish hisobotida darhol koʻrinmasligi mumkin; eng soʻnggi faoliyat natijasi koʻrsatilishi uchun 10 daqiqa vaqt oʻtgan boʻlishi kerak.

eng yuqori^

Qoʻshimcha manbalar

Umid qilamizki, ushbu qoʻllanma sizga Khan Academyʼda faoliyat boshlashingiz uchun foydali boʻldi. Quyida farzandingizning taʼlim olishi uchun va oʻzingiz hamda farzandingiz akkauntini boshqarishda sizga yordam beradigan qoʻshimcha manbalar berilgan.

Akkauntlarni boshqarish

Ota-onalar uchun qoʻshimcha taʼlim manbalari