Maktab yopiq paytda Khan Academyʼdan masofaviy taʼlim uchun qanday foydalanish mumkin?
Ushbu maqolani boshqa tilda oʻqish:
Maktablar, oʻqituvchilar va ota-onalar uchun manbalar
Hozirda sizda salomatlik va xavfsizlikdan tortib, farzand tarbiyasi va ishingiz bilan bogʻliq ming xil tashvish borligini yaxshi tushunamiz. Ayniqsa, hozirgidek qiyin vaziyatda, COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun maktablarni yopishga majbur boʻlganimizda, bularning bariga ulgurish yanada qiyinlashdi. Shu sababli biz sizga yordam berish uchun qoʻlimizdan kelgan hamma ishni qilishga tayyormiz.
Khan Academy oʻquvchilar, oʻqituvchilar va ota-onalar uchun bepul manbadir.
Biz bogʻchadan tortib kollejning dastlabki yillarigacha boʻlgan muddatda oʻqitiladigan matematika, tabiiy fanlar va gumanitar fanlarga oid bepul darslarni taklif qilamiz. Oʻrganuvchilar yangi bilim egallash va oʻz koʻnikmalarini mustahkamlash uchun bizning mashq va testlarimizni bajarishi hamda oʻquv videolarimizni tomosha qilishi mumkin. Ularda bajarilgan topshiriqlarga oid tezkor fikr-mulohazalar va ragʻbatlarni olish imkoniyati mavjud.
Maktablar yopiq paytda foydalanishingiz mumkin boʻlgan manbalar
Biz Facebook va YouTube tarmoqlarida har kuni kunduzgi soat 12:00 da jonli efirlarni taqdim etmoqdamiz. Bularning bari maktablar yopiq paytda oʻquvchilar, ota-onalar va oʻqituvchilar uchun boʻlib, dushanbadan jumagacha efirga uzatiladi.
Shuningdek, biz siz uchun foydali boʻlgan bir nechta qoʻllanma ham yaratdik:
Ota-onalar
- Maktablar yopiqligi davrida 4 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻrganuvchilarni darslar bilan taʼminlash uchun kunlik jadvallar
- Uchinchi sinfdan algebra 2 bosqichigacha boʻlgan matematikani oʻrganish boʻyicha haftalik rejalar
- Ota-onalar uchun boshlangʻich qisqa qoʻllanma
- Maktablar yopiqligi davrida taʼlimni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha eng koʻp soʻraladigan savollar
- Masofaviy taʼlim olish uchun Khan Academy va Khan Academy Kidsʼdan foydalanishni boshlash vebinar
- SAT yangiliklari va rasmiy SAT sinov mashgʻulotlari batafsil maʼlumot
- Ikki yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar uchun Khan Academy Kidsʼning YouTubeʼdagi kanali va bepul, chop ettiriladigan mashqlar
-
“Masofaviy taʼlim” video/vebinarlari quyidagi kabi mavzularni oʻz ichiga oladi
- Farzandingizni qanday qilib oʻqishga qiziqtirish va ragʻbatlantirish haqida,
- Turli yoshdagilar uchun kundalik dars jadvalini tuzish
- Bir nechta bolalar va bir nechta darslar jadvalini muvozanatlashtirish
- Bugungi kunda, uyda qolish talab etilayotgan zamonda, onlayn taʼlim va anʼanaviy taʼlimni qanday qilib muvozanatda ushlab turishingiz mumkin?
- va yana...
Oʻqituvchilar
- Bepul oʻqituvchi akkauntini qoʻlga kiriting.
- Masofaviy taʼlim uchun oʻz sinfingizni tashkil eting, video va qisqa qoʻllanmamizdan foydalaning
-
Turli mavzularga oid professional oʻquv vebinarlari, jumladan:
- Bitta oʻqituvchining oʻz oʻquvchilarini bogʻcha davrlariga qaytarish orqali matematik bilimlarni chuqur oʻzlashtirishga yordam bergani haqida!
- Masofaviy taʼlimga oid 7 ta tavsiya – dars jadvallarini tuzishdan qanday qilib emotsional taʼsir oʻtkazishgacha
- Masofadan turib boʻlsa ham oʻquvchilar bandligini taʼminlash va ularni ragʻbatlantirish mumkinligi haqida!
- va yana...
Khan Academy oʻquvchilar, oʻqituvchilar va ota-onalar uchun bepul manbadir.
Khan Academy nima? Biz oʻquvchilarga yangi bilimlarni oʻzlashtirish, koʻnikmalarni mustahkamlash uchun mashqlar, sinov mashgʻulotlari va testlar bilan birga oʻrganish yoki olingan bilimlarni takrorlash uchun oʻquv videolarini ham taklif etamiz.
- Khan Academyʼning matematika, grammatika, tabiiy fanlar, tarix, AP® kurslari, SAT® mashgʻulotlari va boshqa yana koʻplab bogʻchadan kollejning dastlabki yillarigacha boʻlgan muddatdagi fanlarni qamrab oluvchi kutubxonasi ham mavjud boʻlib, u barcha standartlarga moslashtirilgan.
- Oʻquvchilar turli mashqlar, testlar va mahorat sinovlari yordamida oʻz bilimlarini mustahkamlash hamda ular yuzasidan tezkor fikr-mulohazalar va yordam olish imkoniyatiga ega.
- Khan Academy 40 dan ortiq tillarda mavjud.
- Kompyuterga ega boʻlmagan oʻquvchilar Khan Academy veb sahifasiga kirishi yoki oʻz mobil qurilmalaridagi Khan Academy ilovasidan foydalanishi mumkin.
Oʻqituvchilar oʻzlari uchun moʻljallangan hisobot va ishchi qurollaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
- Oʻqituvchilar keyingi bosqichni – algebra 1 yoki AP biologiyani, misol uchun, maxsus boʻlim yoki maxsus koʻnikmani oʻquvchilariga osongina tayinlab berishi mumkin.
- Oʻqituvchilar bizning hisobotlarimiz yordamida oʻquvchilarning oʻzlashtirish natijalarini kuzatib borish imkoniyatiga ega.
Maktab va oʻqituvchilar uchun manbalar: Khan Academyʼdan qanday foydalanish mumkin?
Bizda yangi kelganlar uchun bosqichma-bosqich tushuntirilgan qoʻllanma va haqiqiy oʻqituvchilar ishtirokidagi oʻquv videolarini tayinlash, koʻnikmalarni shakllantirish va oʻquvchilar natijalarini kuzatib borish uchun Khan Academyʼdan qanday foydalanish kerakligini namoyish etadigan onlayn videolar kabi bir nechta manbalar mavjud. Bularning barchasi bizning Oʻqituvchilar uchun zaruriy narsalar boʻlimida. Oʻqituvchilar, shuningdek, bizning #TeachWithKhan facebook guruhimizga qoʻshilishi mumkin.
Qanday qilib boshlash kerak:
- Bepul akkauntlar yarating, buning uchun bosh sahifamizdan foydalaning.
- Bizning bepul kontentimiz bilanyaqindan tanishib chiqing .
- Bizdagi oʻqituvchi va ota-onalar manbalari bilan tanishib chiqing va qanday qilib mahorat kursini oʻquvchilaringiz uchun oson tayinlashni oʻrganing.
Boshqa savollar bormi? Bizning yordam markazimizgamurojaat qiling.
Kichik yoshdagi oʻrganuvchilar uchun Khan Academy Kids
Agar sizning ikki yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan farzandingiz boʻlsa, sizga Khan Academy Kids bepul ilovamizdan foydalanishni tavsiya qilamiz. Dastlabki savodxonlik, oʻqish, yozish, til oʻrganish va matematik bilimlarni berish bilan birga ushbu ilova ijodkorlikni oshirishga va ijtimoiy-emotsional koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. 100% bepul, hech qanday reklama va ilova xaridlarisiz. Khan Academy Kids iTunes, Google Play, va Amazon App onlayn doʻkonlarida mavjud.
Khan Academy notijorat tashkilotdir.
Bizning maqsadimiz barcha mamlakatlarda hamma uchun jahon standartlari darajasidagi bepul taʼlimni taʼminlashdan iborat. Dunyo boʻylab bir milliarddan ortiq bola maktablar yopiqligi sababli uyda taʼlim olayotgan hozirgi vaziyatda bizning bepul manbalarimizga boʻlgan ehtiyoj ortmoqda. Tezkor xizmatlarimiz Amerika banki, AT&T, Google.org va “Novartis” koʻmagida amalga oshirilmoqda. Agar imkoniyatingiz boʻlsa, siz ham bunga oʻz hissangizniqoʻshing. Birgalikda biz barchaga bilim ulashishda davom etamiz.
Hurmat bilan,
Khan Academy jamoasi