Qanday yordam kerak?

Mahorat sinovlari nima?

Yangilangan

Ushbu maqolani boshqa tilda oʻqish: Български език

Mahorat sinovlari kurs davomida oʻrganilgan koʻnikmalarni qayta takrorlash va mustahkamlashning bir usulidir. Boʻlim soʻnggidagi testlar va kurs sinovlari kabi mahorat sinovlari ham mahorat darajasidagi koʻtarilish yoki tushishlarni koʻrsatadi.

Mahorat sinovlari har doim ham mavjud emas; ular quyidagi hollarda oʻrganuvchilar uchun ochiladi:

  1. Kursda berilgan koʻnikmalarning kamida 3 tasi bilan “Tanishlik” darajasiga yetganingizda
  2. Kursda berilgan koʻnikmalarning kamida 1 tasini “Tajribali” darajasida oʻzlashtirganingizda va
  3. Mahorat sinovlari bilan ishlashni boshlaganingizdan beri 12 soat yoki undan koʻproq vaqt oʻtgan (yoki ular hali boshlanmagan) boʻlsa.

Shu tariqa qulfi ochilgach, mahorat sinovlari mahorat bilan ishlaydigan kurslarning asosiy “Kurs sahifasi”da paydo boʻladi.

Mastery_Challenge_on_the_Course_Page.png

Eslatma: vaqt oʻtishi bilan biz mahorat sinovlarini mahorat bilan ishlaydigan barcha kurslarga tatbiq etishni rejalashtirmoqdamiz. Hozircha esa mahorat sinovlari faqat matematika kurslarimizda mavjud.

Mahorat sinovlari doim 3 xil koʻnikmani mustahkamlashga qaratilgan 6 ta savoldan iborat boʻladi. Mahorat sinovlari har bir oʻrganuvchiga moslashtirilgan boʻlib, butun kurs davomida oʻzlashtirilgan koʻnikmalarni eslatuvchi savollarni oʻz ichiga oladi, bunda har bir koʻnikmaga 2 tadan savol ajratiladi:

  • Agar siz har ikkala savolga toʻgʻri javob bersangiz, oʻsha koʻnikmadagi mahorat darajangiz koʻtariladi.
  • Agar siz har ikkala savolga notoʻgʻri javob bersangiz, mahorat darajangiz pastga tushadi.
  • Agar siz 1 savolga toʻgʻri javob berib, 1 savolga notoʻgʻri javob bersangiz, oʻsha koʻnikma uchun mahorat darajangiz oʻzgarmaydi.

Mastery_Challenge_EOT_Card.png

Mahorat savollari tasodifiy, shuning uchun ham har bir koʻnikma boʻyicha savollarga ketma-ket ravishda javob berishingizga toʻgʻri kelmaydi.

Mahorat sinovlarini bitta oʻtirishda topshirishingiz shart emas; boshlanganidan soʻng mahorat sinovlarini yakunlash uchun bir martada 12 soat vaqt ajratiladi yoki sinov qayta boshlanadi. Shuningdek, siz har 12 soat davomida faqat bitta mahorat sinovini yakunlashingiz mumkin.

mceclip0.png