Khan Academyʼdagi oʻqituvchi akkauntimga qanday qilib qoʻshimcha sinflar qoʻshishim mumkin?
Yangilangan
Qoʻshimcha sinflarni ham xuddi ilk sinfingizni yaratganingiz kabi qoʻshishingiz mumkin.
Oldin ekranning yuqori oʻng burchagida joylashgan, foydalanuvchi ismingiz ostidagi menyudan “Oʻqituvchi paneli”ga oʻting.
“Yangi sinf qoʻshish” tugmasini bosing.
Sinfga oʻzingiz nom bering yoki Google Classroomʼdan biror sinfni import qiling. Keyin sinfingiz uchun biror fanni tanlang. Sinf yaratish toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bu yerga bosing.
Eslatma: biror fanni qoʻshishingiz Khan Academyʼga shunga aloqador boshqa materiallar ham taklif qilib borish imkonini beradi. Bu esa siz oʻquvchilaringizga oʻsha materiallar boʻyicha ham dars oʻtishingiz, topshiriqlar berishingiz, oʻquvchilar ham saytning boshqa qismlarida bemalol mashqlar bajarishi mumkinligini anglatadi.