Qanday yordam kerak?

Vazifa ballari hisobotidan qanday foydalanishim mumkin?

Yangilangan

Chap tomondagi “Vazifalar”  boʻlimining ostki menyusidan “Ballar” tugmasini bosib, istalgan oʻquvchining vazifalari hisobotini koʻrishingiz mumkin. 

Assignment_Scores_Report_in_Teacher_Dashboard.png

Alohida vazifa boʻyicha bir oʻquvchining oʻzlashtirish natijasini koʻrishni istasangiz, uning ballari ustiga bosing.

Report_by_Score.png

Agar biror oʻquvchining barcha vazifalar boʻyicha oʻzlashtirishini koʻrishni xohlasangiz, uning ismi ustiga bosing.

Report_by_Student.png

Endi boshqa bir oʻquvchining natijalarini koʻrishni xohlasangiz, uning ismi yonidagi “Oʻquvchini oʻzgartirish” menyusini oching va roʻyxatdan boshqa oʻquvchini tanlang.

Student_Switcher_in_Scores_Report.png

Agar siz maʼlum vaqt oraligʻidagi maʼlumotlarni koʻrishni istasangiz, vaqt filtridan foydalaning. Bu sizga vazifalarni bajarilish sanasi boʻyicha tartiblash imkonini beradi. 

Score_Report_by_Time.png