Oʻqituvchi boshqaruv panelimdagi sinfga yangi oʻquvchilarni qanday qilib qoʻshaman?
Yangilangan
Boshqaruv panelingizda biror sinf yaratganingizdan soʻng, unga oʻquvchilar ham qoʻshish kerak boʻladi.
Sinfga yangi oʻquvchi qoʻshish uchun:
- Oʻqituvchi boshqaruv panelida ekanligingizga ishonch hosil qiling. Siz u yerga ekranning yuqori oʻng burchagidagi ismingizni bosib, paydo boʻlgan ostmenyudan “Oʻqituvchi boshqaruv paneli”ni tanlab oʻtishingiz mumkin.
- Oʻquvchi qoʻshishni istagan sinfingiz nomi ustiga bosing.
- Chap yon panelda “Administrator” ostidagi “Oʻquvchilar” buyrugʻi ustiga bosing.
- Paydo boʻlgan “Oʻquvchilar roʻyxati” sahifasida “Yangi oʻquvchilarni qoʻshish” buyrugʻini bosing.
Shunda ekranda yangi muloqot oynasi paydo boʻlib, oʻquvchilarni qaysi usul bilan sinfga qoʻshishni tanlash soʻraladi. Ularni Google Classroom orqali yoki sinf havolasini ulashish orqali qoʻshishingiz yoki ular uchun yangi akkauntlar yaratishingiz mumkin.