Oʻquvchilarni qanday qilib sinfdan chiqarishim mumkin?
Yangilangan
Oʻqituvchi oʻquvchiga murabbiylik qilishni toʻxtatishi va shu tariqa oʻquvchini sinfdan (shu jumladan, vazifalardan) butunlay chiqarib yuborishi mumkin. Bundan tashqari, yana bir yoʻli borki, unda oʻqituvchi oʻquvchini maʼlum sinfdangina oʻchirib, u bilan aloqani saqlab qoladi.
“Sinfdan chiqarish” funksiyasi yordamida oʻqituvchi oʻquvchini sinfdan oʻchiradi, lekin shu bilan birga oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi aloqani saqlab qoladi. Shunday qilib, oʻqituvchi bu oʻquvchini oldingidek oʻz oʻquvchilari sahifasida koʻrishi mumkin va oʻqituvchi uni boshqa bir sinfga qoʻshishni istasa, buni osongina amalga oshira oladi.
Oʻquvchini sinfdan chiqarish uchun:
- 1. Oʻqituvchi boshqaruv panelida ekanligingizga ishonch hosil qiling. Siz u yerga ekranning yuqori oʻng burchagidagi ismingizni bosib, paydo boʻlgan ostmenyudan “Oʻqituvchi boshqaruv paneli”ni tanlab oʻtishingiz mumkin.
- 2. Oʻquvchilarini oʻchirmoqchi boʻlgan sinfni tanlang.
- 3. Kerakli sinfga kirgandan soʻng, chap yon panelda “Administrator” ostidagi “Oʻquvchilar” ustiga bosing.
- 4. Oʻquvchilar roʻyxatining oʻng tomonidagi katakchalarni belgilab, bir yoki bir nechta oʻquvchilarni tanlab oling.
- 5. “Harakatlar” soʻzining oʻng tomonidagi strelkani bosing.
- 6. Yoyilgan menyudan “Sinfdan chiqarish” burugʻini tanlang.