Oʻqituvchi boshqaruv panelimdagi sinfga mavjud oʻquvchilarni qanday qilib qoʻshaman?
Oʻqituvchi panelida sinf yaratishning ikki xil yoʻli mavjud. Birinchi tanlovda siz sinfga yangi oʻquvchilar qoʻshish amalini oʻzingiz bajarasiz (sinfga yangi oʻquvchilar qoʻshish toʻgʻrisidagi ushbu maqolaga qarang), ikkinchi tanlovda esa oʻquvchilar oʻz akkauntlarida sizni oʻqituvchi sifatida belgilashi kerak boʻladi.
Baʼzi oʻquvchilar sizni oʻqituvchi sifatida belgilagan boʻlsa ham, bu hali ularning sinfingizga qoʻshilganini anglatmaydi. Ular “Oʻquvchilar” sahifasida paydo boʻladi (quyiga qarang), lekin sinf oʻquvchilari roʻyxatida boʻlmaydi (birortasiga kiritilmaguncha). Siz oʻsha “Oʻquvchilar” sahifasidan ularni sinflarga qoʻshishingiz mumkin.
Mavjud oʻquvchilarni sinfingizga qoʻshish uchun:
1. Oʻqituvchi boshqaruv panelida ekanligingizga ishonch hosil qiling. Siz u yerga ekranning yuqori oʻng burchagidagi ismingizni bosib, paydo boʻlgan ostmenyudan “Oʻqituvchi boshqaruv paneli”ni tanlab oʻtishingiz mumkin.
2. Mavjud oʻquvchilarni sinfingizga qoʻshish uchun “Oʻquvchilar” sahifasiga oʻting.
3. Roʻyxatdan sinf yoki sinflarga qoʻshishni istagan oʻquvchilaringizni oʻng tomondagi katakchalarni belgilash orqali tanlang. Keyin katakchalar ustidagi “Harakatlar” menyusidan “Sinfga qoʻshish” buyrugʻini tanlang.
4. Taklif qilingan sinflar roʻyxatidan istaganingizni tanlab, “Qoʻshish” tugmasini bosing.
5. Amallarni yakunlaganingizdan soʻng “Oʻquvchilar” sahifasida ularning qaysi sinfda ekanligi ham koʻrinib turadi.