Oʻqituvchi nazoratidagi mashgʻulotlarda vazifalardan qanday foydalanishim mumkin?
Back-to-School funksiyasi tufayli oʻqituvchilar butun sinfga yoki oʻquvchilarning maʼlum bir guruhiga bir xil savollar yoki mavzu doirasida har xil savollar toʻplamini taqdim qilishi, shuningdek, darslar davomida har bir vazifa boʻyicha sinf oʻzlashtirishi va individual oʻzlashtirish toʻgʻrisida maʼlumotlar olishi mumkin. Bu esa darsning istalgan vaqtida siz alohida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan oʻquvchilarni aniqlashingiz, birga yaxshi ishlaydigan oʻquvchilar guruhini tuzishingiz hamda notoʻgʻri tushunilgan materiallarni ajratib tushuntirish uchun individual muammolarni va tez-tez uchraydigan notoʻgʻri javoblarni tahlil qilishingiz mumkinligini anglatadi.
Oʻqituvchi nazoratidagi mashgʻulotlarning afzalliklari:
- Oʻquvchilar materiallarning muhimlik darajasini toʻgʻri aniqlayotganligi va mashgʻulot vaqtidan unumli foydalanayotganligiga ishonch hosil qilish.
- Darsga oid muhokama va munozaralar tugʻdiradigan muammolarni aniqlash.
- Butun sinfning oʻzlashtirishini kuzatish orqali, oʻta oson yoki oʻta murakkab mashqlarni oʻz vaqtida koʻrish.
Sinfda oʻqituvchi nazoratidagi mashgʻulotlar uchun vazifalardan qanday foydalanish toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bizning tatbiq etish yoʻriqnomamizga qarang.
Oʻqituvchi nazoratidagi mashqlardan qanday foydalanish mumkin:
-
Oʻquvchilarga berishni istaydigan materiallaringizni aniqlang, u standartlaringizga mos kelishiga ishonch hosil qiling va oʻquvchilaringiz koʻradigan ayni materialni qayta koʻrib chiqing.
Tarkib sifatida berish mumkin boʻlgan yuzlab mashgʻulot, video, maqola, test va viktorinalarni oʻrganib chiqing; qaysi alohida punktlarni yoki toʻliq darsni, boʻlimni, kursni vazifa qilib belgilashni aniqlab oling; “Kurslar” menyusiga kirib, qaysi kursdan vazifa bermoqchi ekanligingizni tanlang. Shunda matematika uchun, qidiruv funksiyasi uchun va tarkib sahifasida maʼlum standartlar paydo boʻladi. Biror standart ustiga bosish orqali uning kengaytirilgan tavsifini koʻrish mumkin.
-
Oʻquvchilarga vazifa bering.
Oʻqituvchilar endi guruh yoki alohida shaxslar uchun vazifa yaratishda bir qancha tanlov imkoniyatiga ega. Masalan, barcha oʻquvchilaringizga bir xil yoki har xil savollar toʻplamini berishingiz mumkin (lekin savollar miqdori teng boʻladi). Qolaversa, siz vazifani bir sinf yoki bir nechta sinfga, bir oʻquvchi yoki bir nechta oʻquvchiga berishingiz, shuningdek, yakunlanish sanasini tanlashingiz hamda materialni hozir topshirishingiz yoki keyin topshirish uchun saqlab qoʻyishingiz ham mumkin.
Eslatma: oʻquvchilarga bir xil savollar berishni tanlash imkoniyati faqat baʼzi mashqlar uchun mavjud, viktorina yoki testlar uchun buning iloji yoʻq.
-
“Vazifalar” sahifasida tekshiring.
- Barcha joriy vazifalar “Vazifalar” yon sahifasida boʻladi. Bu yerda siz vazifaning bajarilishini kuzatishingiz va uning yakuniy muddatini uzaytirish yoki unga yangi oʻquvchilarni biriktirish orqali nazorat qilishingiz mumkin. Joriy vaqtdagi vaziyatni kuzatish uchun esa “Hisobotni koʻrish” tugmasini bosing.
-
Notoʻgʻri javoblarni aniqlang.
Bu funksiya oʻqituvchilarga butun guruh bilan ishlash uchun maʼlum bir alohida muammolarni tanlab olish imkonini ham beradi. Yaʼni, oʻqituvchilar qaysi savollarga oʻquvchilar tomonidan eng koʻp notoʻgʻri javoblar berilganini koʻrib, yaxshi tushunilmagan yoki notoʻgʻri tushunilgan masalalarni aniqlashi va ularni bartaraf etish uchun birgalikda ishlashlari mumkin. Bu yerda javoblar egalarini koʻrish uchun ismlarni kengaytirishingiz yoki maxfiylikni saqlash uchun ularni berkitishingiz ham mumkin. “Javobni koʻrish” tugmasini bossangiz, toʻgʻri javob yashil rangda belgilanadi. Bundan tashqari, siz “Yechim” tugmasi orqali bu savolga Khan Academyʼning javobini koʻrishingiz yoki “Qaydlar” tugmasi orqali muammoni yozish va muhokama qilish uchun qayd varaqasi ochishingiz mumkin.
-
Vazifa bajarilishini umumiy kuzating.
Dars yakunida “Vazifalar” sahifasiga oʻtib, bu mashgʻulotni oldingi mashgʻulotlar bilan taqqoslashingiz mumkin. Bu yerda sinfingizga topshirgan barcha vazifalaringiz hamda bu vazifalar boʻyicha oʻquvchilaringizning eng yaxshi natijalari koʻrinib turadi. Siz, shuningdek, vazifalarni bajarilgan sanasi boʻyicha saralashingiz; vazifa nomiga bosib, oʻsha vazifa boʻyicha barcha oʻquvchilar natijalari hisobotini ochishingiz; oʻquvchi ismiga bosib, oʻsha oʻquvchining barcha vazifalar boʻyicha natijalari hisobotini ochishingiz hamda alohida ball ustiga bosib, alohida oʻquvchining maʼlum bir vazifa boʻyicha natijasi hisobotini olishingiz mumkin. Yashil rangdagi vazifalar 100% koʻrsatkich bilan, sariq rang bilan boʻyalganlari 71% va 99% oraligʻida, qizil rangli vazifalar esa 70% dan past koʻrsatkich bilan baholanganini bildiradi. Bu sahifa birinchi bor ochilganda oʻqituvchilar rang/baholarning shaxsiy diapazonlarini tanlash imkoniyatiga ega boʻlmaydi.
-
Individual oʻquvchilarning vazifalar tarixiga qarang.
Oʻquvchilarning vazifani bajarish ustidagi urinishlari va uni qanday tugallaganini yaxshiroq tushunish uchun oʻqituvchi ularning individual hisobotini ochishi kerak. Unda vazifalar eng soʻnggi bajarilganlaridan boshlab tartiblangan boʻladi. Har bir vazifa bajarilish muddati, holati, oʻquvchining urinishlari soni va eng yaxshi natijasini koʻrsatadi. Bu sahifa chop etishga qulay boʻlib, oʻquvchilarga ham, ota-onalarga ham taqdim qilinishi mumkin.
-
Oʻquvchilaringizning tajribasini kuzating.
Oʻquvchilar vazifalarini oʻquvchi bosh sahifasida oʻz kurslarining ostida koʻrishlari mumkin (yuqoridagi surat). Oʻquvchilarning vazifalari joriy va oʻtgan vazifalarga ajratiladi. Joriy vazifalar yakunlash muddati bugungi sanaga eng yaqini boʻyicha yuqoridan boshlab tartiblanadi. Oʻquvchilar vazifani yakunlaganda, u “Joriy” sahifasidan oʻchadi va “Oʻtgan” sahifasida paydo boʻladi. Oʻquvchilar har doim vazifani qayta bajarib koʻrishlari mumkin va ularning bahosi oʻqituvchining hisobotida yangilanadi. Oʻquvchilar, shuningdek, bajargan vazifalari ustiga bosib, ularni qaytadan kuzatishi va alohida savollarga qanday javob berganliklarini koʻrishi mumkin.
Biz bu yangi funksiyalarni yaqin kunlar va haftalarda yaxshilashda davom etamiz va bu maqola har qanday oʻzgarishlarni aks ettirish uchun doimiy yangilanib borishini unutmang.