Qanday yordam kerak?

Profilimni qanday tahrirlashim mumkin?

Yangilangan

Khan Academyʼdagi profilingiz ismingiz (saytda siz istagan koʻrinishda), yagona foydalanuvchi nomingiz, yutuqlaringizni koʻrsatuvchi vidjetlar, muhokamalarga qoʻygan postlaringiz va siz Khan Academy dasturlash uskunalari yordamida yaratgan dasturlarni oʻz ichiga oladi.

Agar yoshingiz 13 yoki undan katta boʻlsa, profilingizdagi har bir vidjetni kim koʻrishi mumkinligini tanlashingiz va istasangiz, qisqacha tarjimayi holingiz va yashaydigan joyingizni kiritishingiz mumkin. Agar yoshingiz 13 dan kichik boʻlsa, profilingizdagi maʼlumotlarni faqat ota-onangiz tahrirlashi mumkin. 

Profilingiz sozlamalarini tahrirlash

  1. Bosh sahifaga oʻtib, profilingizga kiring
  2. “Profilni tahrirlash” tugmasini bosing (chap tomondagi ismingiz ustiga bossangiz ham boʻladi).
     

mceclip0.png

  1. “Asosiy maʼlumotlarni oʻzgartirish” soʻraladigan oyna paydo boʻladi.
  2. 2. Bu yerda siz haqiqiy ismingiz, foydalanuvchi nomingiz, manzilingiz va tarjimayi holingizni oʻzgartirishingiz mumkin.
  3. 3. Shularni bajarib boʻlganingizdan soʻng, “Saqlash” tugmasini bosing.

0.png

Agar nishonlaringiz soni, faoliyatingiz ketma-ketligi, muhokama va loyihalaringizni kimlar koʻrishini tahrirlamoqchi boʻlsangiz, iltimos, quyidagi amallarni bajaring:

  • Holatingizni koʻrsatib turuvchi oynaning yuqori oʻng burchagidagi “Murabbiylar” tugmasiga sichqoncha koʻrsatkichini olib boring.
  • Yoyilgan menyudan “Ushbu vidjet menga va oʻqituvchilarimga koʻrinsin” buyrugʻini yoki “Barcha koʻrishi mumkin” variantini tanlang.

Badge_Audience_Settings_on_Khan_Academy.png