Qanday yordam kerak?

Oʻquvchilar sahifasida nimalar qila olaman?

Yangilangan

“Oʻqituvchi” panelining “Oʻquvchilar” sahifasida siz hozir oʻqitayotgan barcha oʻquvchilarning roʻyxati aks etadi. 

Bu sahifadan siz:

  • yangi oʻquvchilar qoʻshishingiz;
  • mavjud oʻquvchilaringizni sinflarga qoʻshishingiz; 
  • oʻquvchilarni oʻqishdan chetlashtirishingiz mumkin. 

Bu oʻquvchilar hali birorta sinfda boʻlmasligi mumkinligiga eʼtibor bering, shuning uchun agar siz “Sinflar roʻyxati” sahifasida boʻlib, oʻquvchingizni topa olmasangiz, uni oʻqitayotganligingizni tekshirish uchun uskunalar panelida “Oʻquvchilar” sahifasiga oʻting va ularni kursga qoʻshing.

Eslatma: agar siz bir necha yuzdan ortiq oʻquvchini oʻqitayotgan boʻlsangiz, akkauntingizning turgʻunligi va samaradorligi xavf ostida qolishi mumkin. Agar yuz yoki minglab oʻquvchilarni oʻqitishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, koʻproq akkaunt yarating.

Screenshot_071019_084552_AM.jpg