Qanday yordam kerak?

Nima uchun Khan Academy sayti mening brauzerimda gʻalati koʻrinyapti?

Yangilangan

Agar Khan Academy saytida quyidagi muammolarga duch kelsangiz, biz qoʻllab-quvvatlagan brauzerlarning eski talqinlarini (yoki Khan Academy qoʻllamaydigan brauzerni) ishlatayotgan boʻlishingiz mumkin:

  • Sayt notoʻliq yoki sekin yuklanyapti 
  • Sayt nuqsonli koʻrinyapti yoki formatlash funksiyasida xatolik bor
  • Sayt gʻalati ishlayapti yoki ayrim funksiyalari buzilgan

Eski brauzerlar saytimizdagi barcha xususiyatlarni ochib bera olmasligi mumkin. Agar siz “Internet Explorer”da yoki “Firefox” va “Safari” kabi brauzerlarning soʻnggi talqinidan boshqa bir brauzerda ishlayotgan boʻlsangiz, biz sizga saytda oson ishlash uchun oʻzimiz qoʻllaydigan brauzerga oʻtishni yoki brauzeringizni eng soʻnggi talqiniga yangilashingizni maslahat beramiz (bu yerda havolasi berilgan barcha brauzerlar bepul).

Agar brauzeringiz qoʻllab-quvvatlangani va yangilanganiga ishonchingiz komil boʻlsa,  cookie-fayllar va keshni tozalab yuboring. Agar ushbu harakatlarning hech biri muammongizni hal qilolmasa, har bir bajargan ishingizni bosqichma-bosqich tavsiflab, bizga muammo haqida xabar bering  (iloji boʻlsa, ekrandan skrinshotlar olib, ilova qilib yuboring).