Khan Academyʼda urinish nima?
Khan Academy da “urinishlar” atamasidan foydalaniladigan bir nechta hisobotlar mavjud va baʼzi holatlarda ular turli harakatlarga tegishli – odatda yo oʻquvchining butun mashqni bajarishga urinishi, yo mashgʻulotdagi maʼlum bir masalani yechishga urinishi. Quyida bu atama har bir hisobotda nimani anglatishini bilib olasiz.
“Topshiriqlar” yon sahifasi
“Topshiriqlar” sahifasida oʻquvchilar boʻyicha saralashda (quyidagi rasmda koʻrsatilgandek) rangli katakdagi raqam har bir vazifa uchun eng yaxshi bahoni aks ettiradi, shuning uchun agar oʻquvchi bittadan ortiq urinishni amalga oshirgan boʻlsa, shundan eng yaxshi natijasi koʻrsatiladi. Vazifa taxminan yechilgani yoki oʻylab yechilgani eʼtiborga olinmaydi. Bu koʻrinishda “urinish” har bir oʻquvchi mashgʻulotni necha marta bajarganini koʻrsatadi.
Bu quyida koʻrsatilgandek, alohida oʻquvchining ismiga bosilganda shu koʻrinishda paydo boʻladigan “Urinishlar” ustunining qiymatiga ham tegishli (masalan, “Urinishlar” – oʻquvchi vazifani bajargan son).
Topshiriq boʻyicha
“Topshiriq boʻyicha” koʻrinishga oʻtib, “Yakunlangan” ustunidagi kasrning ustiga bosganingizda xuddi shu qiymat aks etadi. Modal (suzuvchi oyna) paydo boʻladi va bu modal oynada “Urinishlar” ustunida har bir oʻquvchi mashqni necha marta bajargani koʻrsatiladi (quyidagi rasmga qarang).
Oldingi koʻrinishdagi kabi, bu koʻrinishda oʻquvchining ismi bosilganida oldingi sahifa koʻrsatiladi, bu yerdagi “Urinishlar” ham oʻquvchi mashqni necha marta bajarganligini anglatadi (quyidagi suratga qarang).
Bu hisobotlarda oʻquvchi mashqning birinchi vazifasini bajarishni boshlaganda, “Urinishlar” ustunida “Bajarilmoqda” paydo boʻladi. Oʻquvchi bu mashqdagi barcha vazifalarni bajarganidan soʻng, urinish hisobga olinadi.
Barcha vazifalar bajarilgandan soʻng, oʻquvchilar doim materialni qayta oʻrganib, mashq yakunida “Yana mashq qilish” tugmasini bosib, mashqni takroran bajarishi mumkin. Bu bir nechta urinishlar sifatida yoziladi.
Mashgʻulot toʻgʻrisidagi hisobot
“Vazifalar” yon sahifasida mashqdagi har bir muammo boʻyicha oʻquvchilarning aniq maʼlumotlarini koʻrsatadigan boshqa bir hisobot ham bor (quyidagi rasmga qarang). Bu hisobotda urinish alohida vazifaning yakunlanganligini anglatadi. Bu hisobotda baholarni emas, faqat vazifa toʻgʻri yoki notoʻgʻri bajarilganligini koʻrsatamiz. “Urinishlar” boʻlimida “Dastlabki”ga oʻtish oʻquvchi yoki oʻquvchilar qanday vazifalarga birinchi urinishda toʻgʻri javob berganligini koʻrsatadi. “Soʻnggi”ga oʻtish oʻquvchi oxir-oqibat maslahatdan foydalanmasdan yoki vazifani oʻtkazib yubormasdan toʻgʻri javob (vazifani bajarishda oʻzining soʻnggi urinishi) berganligini koʻrsatadi.
Masalan, agar oʻquvchi vazifani notoʻgʻri bajarsa, “Yana urinib koʻrish” tugmasini bosib, urinishni takrorlashi mumkin. Ular, shuningdek, vazifani oʻtkazib yuborish uchun “Oʻtkazish” tugmasini bosishlari mumkin. Agar oʻquvchi yana urinib koʻrishga qaror qilsa, u vazifani yechishga bir necha bor harakat qiladi. Bu hisobot sahifasida soʻnggi urinishni yangilaydi, lekin boshqa hisobotlarga taʼsir qilmaydi.
Eslatma: oʻqituvchi vazifa yaratganda, hatto oʻquvchi bu vazifani oldin bajargan boʻlsa-da, oʻqituvchi bu amaliyotning yakunlanishini istayotganligini tushunamiz. Shuni eʼtiborga olib, bu vazifani oʻquvchiga tayinlanib, bajarilgandan soʻnggina yakunlangan deb hisoblaymiz. Biroq oʻquvchi vazifadan tashqari bajaradigan har qanday ish baribir ularning mahorat darajalariga taʼsir qiladi. Agar bir vazifa bir necha bor topshirilsa (masalan, asosiy oʻqituvchi va mustahkamlash boʻyicha oʻqituvchi), ikkala holatda ham vazifa yakunlanganligi inobatga olinadi. Ammo oʻquvchining oʻqituvchi hali tayinlamasdan oldin bajargan ishi vazifani bajarish sifatida eʼtiborga olinmaydi va oʻsha vazifaning hisobotlarida aks etmaydi.
Ushbu maqolani ham oʻqing:Mashgʻulotlar toʻgʻrisidagi hisobotda dastlabki va soʻnggi urinishlar nimani anglatadi?