Khan Academy materiallarini ovoz chiqarib oʻqiydigan vositalar bilan ishlatish mumkinmi?
Albatta, maqolalarning nusxasini ovoz chiqarib oʻqiydigan dasturga koʻchirishingiz mumkin. Biz Khan Academy tarkibida mualliflik huquqlarini boshqarish (MHB) boʻyicha hech qanday cheklovlar qoʻymaymiz; faqat tegishli hollarda mualliflik huquqiga muvofiq havola koʻrsatishingizni soʻraymiz.
Koʻryapmizki, ovoz chiqarib oʻqish dasturiga ehtiyojmand oʻrganuvchilar koʻpincha oʻzlari afzal koʻrgan vositalardan foydalanishyapti. Bizning maqsadimiz ham aynan shu, yaʻni oʻquvchilarga oʻzlari tanish boʻlgan vositalardan foydalanish qulayligini ta’minlashdir.
Shunga qaramasdan, oʻziga qulay boʻlgan ovoz chiqarib oʻqish vositasini hali tanlab ulgurmagan foydalanuvchilar uchun ham boshqa bir usul mavjud:
- Khan Academyʼdagi matn nusxasini Word dasturiga koʻchiring va uni PDF formatida saqlang.
- PDF faylni birorta PDF Readerʼda (masalan, Adobe Acrobat Reader DC (bepul)) oching.
- Adobe Acrobat Reader DCʼning “Koʻrish”(View) menyusidagi “Ovoz chiqarib oʻqish” (Read Out Loud) bandini bosing.
Ushbu usul turli xil foydalanuvchilar, jumladan, tinglab oʻrganadigan yosh oʻquvchilar yoki ma’lumotlarni koʻrishdan koʻra eshitish orqali osonroq qabul qiladigan oʻrganuvchilar uchun ham foydali boʻlishi mumkin.