Qanday yordam kerak?

Yangi qoʻshilayotgan materiallar oʻzlashtirish jarayoniga qanday taʼsir qiladi?

Yangilangan

Khan Academy oʻz kutubxonasiga doimiy ravishda yangi materiallar qoʻshib boryapti. Quvonarlisi, biz kurs va boʻlim oʻzlashtirilishi tizimini ana shu eng soʻnggi materiallarni ham aks ettiradigan qilib yangiladik.

Bu shuni anglatadiki, har bir boʻlim yoki kursdagi mavzular soni koʻpayib borishi bilan oʻsha boʻlim yoki kursni oʻzlashtirish  orqali toʻplashingiz mumkin boʻlgan umumiy ball ham oshib boradi.

Kurs yoki boʻlimga qoʻshilgan har bir yangi mavzu toʻplashingiz kerak boʻlgan umumiy ballni 100 ballga oshiradi. Xavotir olmang, siz oldinroq toʻplagan ballar oʻz holicha turadi, faqat tugallash uchun qoʻshimcha mashqlar beriladi, xolos. Bu esa oʻrganayotgan faningiz boʻyicha yanada koʻproq bilim olishingiz mumkin deganidir!

Biz odatda matematika kurslari oʻzlashtirish tizimini takomillashtirish ustida ishlaymiz va yangi materiallar qoʻshib boramiz. Oʻz oʻrnida, bu oʻzgarishlarni imkon qadar foydalanuvchilarning dars jarayoniga xalaqit bermasdan amalga oshirishga harakat qilamiz. Tan olish kerakki, bu platforma hali oʻrganuvchilar uchun ideal darajada emas. Shunday ekan, siz azizlarning saytimizni takomillashtirish boʻyicha har qanday fikr-mulohaza va takliflaringizni mamnuniyat bilan eshitishga tayyormiz!