“Khan Academy bolalari” dasturiga qanday kirsam boʻladi?
Yangilangan
Khan Academy bolalari – bu yosh bolalarni oʻquv faoliyati davomida ilhomlantiradigan bepul, qiziqarli taʼlim dasturi. U 2–7 yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan, milliy taʼlim standartlariga mos keluvchi minglab mashqlarni oʻz ichiga oladi. Oʻquv dasturida oʻqish va savodxonlik, til oʻrganish, matematika, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, ijro mahorati, jismoniy rivojlanish va ijodiy fikrlash kurslari mavjud.
“Khan Academy bolalari”ni hoziroq App Store, Google Play (beta) va Amazon (beta) elektron doʻkonlaridan yuklab olishingiz mumkin.
Ilova haqida savollaringiz boʻlsa, khankids@khanacademy.org manzili orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin.