Nega mening videolarim koʻrilgan boʻlib aks etmayapti? (mumkin boʻlgan yechim)
Bu foydalanuvchi brauzerda videoni tomosha qilgani va (Activity) “Faoliyat” yon sahifasida video ijro etilgani haqida dalillar mavjud boʻlgan holatlarga tegishli.
Bir qator foydalanuvchilar videoni toʻliq koʻrib chiqqandan soʻng, baʼzan video menyusida videoning tomosha qilingan holati (belgining pastki qismidagi koʻk chiziq) yoki uning tugaganligini koʻrsatuvchi belgining koʻrsatilmayotgani haqida xabar berishdi. Odatda koʻk chiziq kvadratning pastki qismini butunlay kesib oʻtmaydi.
Agar siz ingliz tilida boʻlmagan videolarni tomosha qilish boʻyicha roʻyxatdan oʻtmaganligingizni aniqlasangiz, bu holat ingliz tilida boʻlmagan videolar aslida oʻzining inglizcha nusxasiga bogʻlanganligi tufayli yuzaga kelgan boʻlishi mumkin. Bu video faoliyatining davomiyligi faqat ingliz tilidagi asl nusxasi uchun saqlanishini anglatadi. Quyida muammoning mumkin boʻlgan yechimlari koʻrsatilgan.
Mumkin boʻlgan yechimlar:
- Bir foydalanuvchining taʼkidlashicha, bu holat sodir boʻlganda videoni toʻliq ekran rejimida koʻrilsa, koʻk chiziq tasvirning pastki qismini toʻliq kesib oʻtadi va uning ustida belgi paydo boʻladi.
- Boshqa foydalanuvchining aytishicha, Google Chromeʼga oʻtish yoki tanlangan brauzerning keshi va cookie-fayllarini tozalash video yakunlanishini toʻliq yozib olish imkonini beradi.
- Oʻrganuvchi videoning ingliz tilidagi talqinini tomosha qilishi mumkin (www.khanacademy.org saytiga kirganida) va oʻzining tilidagi video uchun kredit olishi mumkin.
Muammo haqida xabar berish: Agar sizda shunday muammo boʻlsa, quyida berilgan savollarga (yoki qanchasiga javob bera olsangiz) javob yozib, yordam soʻrovi yuboring:
- Muammo yuz berayotgan videolardan hech boʻlmaganda bittasining URL manzili qanday?
- Koʻk chiziq videoning pastki qismini toʻliq kesib oʻtyaptimi?
- Video nishonida tasdiq belgisi bormi?
- Videoni koʻrayotganingizda Khan Academyʼda bir nechta brauzer ochilganmidi? Videoni koʻrayotganingizda brauzerlarning biridan chiqib ketgan boʻlishingiz mumkinmi?
- Videoni boshqa brauzerda koʻrishga harakat qilsangiz (iloji boʻlsa), nima yuz beradi?
- Odatdagi videolardan hozir siz koʻrayotgan videoning qandaydir “farqi” bormi? Balki, avvallari ishlatilmagan fon ranglari, oʻzgacha hoshiya yoki xabarlarni koʻrgandirsiz? Agar shunday boʻlsa, farqni koʻrsatadigan joydan skrinshot olib, ilova qilsangiz, biz uchun juda foydali boʻlardi.
- Konsol xabari da qizil rangli xatolar bormi? Agar bor boʻlsa, ularda nima deyilgan?
- Taklif etilgan yechim yordam beradimi?
Khan Academyʼni takomillashtirishda yordam berayotganingiz uchun rahmat!