Nega Khan Academy’dagi akkauntim avtomatik ravishda “Qoʻllab-quvvatlash jamiyati”ga bogʻlanmaydi?
Agar Khan Academy’dagi akkauntingiz orqali qoʻllab-quvvatlash jamiyatimizda avtomatik ravishda ishtirok etolmayotgan boʻlsangiz, bu bizda sizning Khan Academy’dagi akkauntingiz bilan bogʻlangan elektron pochta manzilingiz yoʻqligidan dalolat beradi. Jamiyatimizning dasturiy ta’minoti (Zendesk) sizning Khan Academy’dagi akkauntingizni qoʻllab-quvvatlash jamiyatimizdagi xabarlaringiz bilan bogʻlash uchun elektron pochta manzillaridan foydalanadi. Shuning uchun oʻzingizning elektron pochta manzilingizni Khan Academy’dagi akkauntingizga qoʻshsangiz, ishni davom ettirishingiz mumkin boʻladi. Akkauntingizga elektron pochta manzilini “Sozlamalar” menyusidagi “Bogʻlangan akkauntlar” boʻlimida qoʻshishingiz mumkin.
Bunda ba’zi istisnolar mavjud:
Agar foydalanuvchilar 13 yoshdan kichik boʻlsa, ularda bolalar akkaunti mavjud boʻladi va ular uchun oʻz xavfsizligini taʼminlash maqsadida qoʻllab-quvvatlash jamiyatiga ommaviy izohlar qoldirish cheklangan. Bolalar va kattalar akkauntlari oʻrtasidagi farqlar haqida koʻproq ma’lumotni bu yerda topishingiz mumkin. Har kim bizning qoʻllab-quvvatlash xizmatimizga mavjud holatini tavsiflagan holda yangi xabarnomani toʻldirib, shaxsan murojaat qilishi mumkin.
Agar sizga Khan Academy’da munozaralar qilish taqiqlangan boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash jamiyatidagi suhbatlarda qatnasha olmaysiz. Taqiqlanganlar roʻyxatiga adashib qoʻshilib qolganman, deb oʻylasangiz, oʻz holatingizni tavsiflash uchun ushbu formadan foydalaning.