Qanday qilib yangi funksiya yoki kontent qoʻshish haqida taklif berishim mumkin?
Khan Academy har doim saytimizni yaxshilashning yangi usullarini izlaydi. Sizning gʻoyangiz toʻgʻrisida taassurot olishning eng yaxshi usuli – yordam markazimizning “Qoʻllab-quvvatlash jamiyati” boʻlimiga oʻtishdir. Shuningdek, toʻgʻridan toʻgʻri qoʻllab-quvvatlash jamiyatiga oʻtish havolasini bu yerda topishingiz mumkin.
Yordam markaziga fikr-mulohazalaringizni yuborish uchun Khan Academy’ga kirishingiz kerak. Siz oʻz gʻoyangizni boshqa birov taklif qilganini koʻrishingiz mumkin. Bu holda unga oʻz fikrlaringizni qoʻshishingiz va sharhlar qoldirishingiz mumkin. Agar ushbu gʻoyani boshqa hech kim taklif qilmagan boʻlsa, siz birinchi boʻlasiz, boshqalar esa sizning fikringizga ovoz berishi mumkin.
Khan Academy’ni takomillashtirishga qiziqish bildirganingiz uchun rahmat!