Qanday yordam kerak?

Nega matematik ifodani toʻgʻri kiritsam ham, masala xato chiqdi?

Yangilangan

Ifoda kiritiladigan matematik mashqlar ustida ishlayotganda, oʻquvchilar baʼzan koʻrsatmalarda berilgan toʻgʻri ifodalardan foydalanishsa ham, ularni kirita olmaganliklari haqida xabar joʻnatishadi. (Javob nomaʼlum yoki notoʻgʻri deb belgilanganda, oʻquvchilar koʻrsatmalarni koʻzdan kechiradi deb oʻylaymiz.)

Ushbu holatning sodir boʻlishiga uchta sabab bor: 

  1. Kiritilgan javob koʻrsatmalardagi javob bilan aynan bir xil emas.
  2. Javobni qanday kiritish kerakligi aniq emas. Toʻrtburchak  qavslarning, [ ], qoʻllanishi bu muammoning eng koʻp uchraydigan sababidir.
  3. Koʻrsatmalardagi javob notoʻgʻri.

Birinchi holatda, masalan, koʻrsatmada quyidagi javob berilishi mumkin:

  

Foydalanuvchi “1/2p”ni kiritganda, javob notoʻgʻri deb belgilanadi. Nima uchun?

Hamma gap ishlash tartibida. PEMDAS esingizdami? Kiritilgan ifoda “1/2xp”ga ekvivalent. Shunday qilib, u “1/2”ni baholaydi va natijani “p” ga koʻpaytiradi. “p” ga koʻpaytirilgan “1/2” qiymati “p/2” ga teng. Bu koʻrsatmalarda berilgan toʻgʻri javob bilan aslo bir xil emas.

Buni tuzatish  uchun qavslardan foydalaning.  Agar siz “1/(2p)”ni kiritsangiz, koʻrsatmada berilganidek, hisoblovchi tizimda “2p”dan foydalanishdan boshqa chora qolmaydi. Hisoblovchi tizimga masalaning qaysi qismini birinchi hisoblash kerakligini koʻrsatish uchun qavslardan foydalaning. 

Ikkinchi holat toʻrtburchak qavslardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Misol uchun, koʻrsatmalar toʻgʻri javobni toʻrtburchak qavs ichida aks ettirishi mumkin (quyida koʻrsatilgan).

Shunga qaramasdan, agar javobni toʻrtburchak qavs ichida kiritishga harakat qilsangiz, masala yana bir nechta qismlar mavjudligini koʻrsatadi.  Toʻrtburchak qavslarni oddiy qavslar bilan almashtiring, shunda javobingiz qabul qilinadi. 

Uchinchi holat koʻrsatmalardagi yoki masalaning oʻzidagi xatoliklar bilan bogʻliq. Bunday holda ushbu maqoladagi yoʻl-yoʻriqlarga amal qiling: Nega toʻgʻri javobni kiritsam ham, masala notogʻri chiqyapti?