Qanday yordam kerak?

Tashkilot tarkibida foydalanish uchun qanday texnologik jihozlar va sharoit tavsiya etiladi?

Yangilangan

Khan Academyʼdan foydalanishda oʻquv muhitining yaxshi yaratilganligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi masalalarni koʻrib chiqish foydadan xoli boʻlmaydi. Agar siz yoki maktabingiz/tashkilotingiz texnologiyalarni yaxshi bilmasa, quyidagi maslahatlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Oʻtkazish qobiliyati va aloqa

  • Videoni koʻrishda yaxshi ulanishni taʼminlash uchun yetarli oʻtkazish qobiliyati zarur. Khan Academyʼda aksariyat videoroliklar uchun toʻgʻridan toʻgʻri efirdagidan koʻra kichikroq oʻtkazish qobiliyati talab etiladi, lekin biz standart tiniqlikdagi videoni koʻrayotgan oʻquvchi yoki qurilma uchun ~1,5 Mbit/s oʻtkazish qobiliyatini tavsiya etamiz.
  • Agar oʻquvchilar asosan mashgʻulotlar bilan ishlasa, talab etiladigan oʻtkazish qobiliyati bir foydalanuvchi uchun 150 kbit/s atrofida boʻladi.
  • Olib yuriladigan qurilmalar uchun tarmoq sozlamalarini moslashda har bir qurilma kuchli simsiz aloqaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling. Chunki bir vaqtning oʻzida bir nechta qurilmalar ulanganda, simsiz tarmoq koʻpincha sustlashadi (yoki ortiqcha zoʻriqadi). Yaxshi ulanishni taʼminlash uchun simsiz tarmoqqa kirish nuqtasi yoki yoʻnaltiruvchi qurilma (router)ni Khan Academy foydalaniladigan har bir xonaga oʻrnatish eng xavfsiz yoʻldir.

Texnologiyalarning kuchaytirilishi

Agar texnologiyalardan foydalanish imkoniyatingiz cheklangan boʻlib, uni oddiy budjet xarajatlarisiz yaxshilash yoʻlini qidirayotgan boʻlsangiz, sinfingizda “Shaxsiy qurilmangizni keltiring” tizimidan foydalanib koʻring. Batafsil maʼlumot  olish uchun shu yondashuvdagi baʼzi qonun-qoidalar  taʼriflangan ushbu maqola bilan tanishing.

Veb filtratsiya

  • Khan Academy videolari YouTubeʼga joylangan, ular toʻgʻri ishlashi uchun esa YouTube bloklanmagan boʻlishi lozim.
  • Agar sizning tashkilotingiz YouTube videolarini bloklab qoʻygan boʻlsa, bevosita veb filtratsiya provayderi bilan ishlang yoki taʼlimga tegishli boʻlmagan materiallarni filtrlaydigan maktab uchun YouTubeʼni sinab koʻring.

Akkaunt yaratish

  • Oʻquvchilarning oʻzlashtirishini kuzatish va hisobotlar maʼlumotidan foydalanish uchun har bir oʻquvchi akkaunt yaratishi lozim, buning uchun esa elektron pochta manzili talab etiladi.
  • Agar oʻquvchilaringizning yoshi 13 dan kichik boʻlsa, siz ota-onalarning ruxsati bilan akkaunt yaratishingiz mumkin.
  • Yirik tashkilot yoki maktablarda oʻquvchilar uchun Khan Academy akkauntlarini yaratishda Clever yoki Google Classroomʼdan foydalanish haqida oʻylab koʻring.

Parol va oʻzgarmas foydalanuvchi nomi

  • Pedagoglar oʻquvchilarning, ayniqsa, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining foydalanuvchi nomlari va parollarini kuzatishlari lozim.
  • Agar oʻquvchi yoki ota-ona oʻz shaxsiy akkauntini yaratmoqchi boʻlsa, siz foydalanuvchi nomi boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatishingiz mumkin. Chunki akkauntlarning oʻzgarmasligi oʻqituvchiga roʻyxatdagi har bir oʻquvchini tanib olishni osonlashtiradi. Yoki foydalanuvchi nomlarini sinf jurnalidagi alifbo tartibida belgilashingiz ham mumkin (masalan, agar u familiya boʻyicha tuzilgan boʻlsa, akkaunt nomlarini ham familiya_ism koʻrinishida belgilang).

Nosozliklarni bartaraf qilish

  • Siz kompyuterlarning ishlamasligi, tarmoqqa ulanish yoki yangi oʻquvchi uchun akkaunt yaratishdagi qiyinchiliklar kabi texnik muammolarga duch kelishingiz mumkin.
  • Sizda bu holatlarda murojaat qilish uchun kerakli aloqa maʼlumotlari borligiga ishonch hosil qiling.
  • Bundan tashqari, agar sizda IT mutaxassislari yoki texnik mutaxassislarga murojaat qilish imkoniyati boʻlsa, ulardan nosozliklarni bartaraf qilishning eng asosiy yoʻllarini oʻrganib oling. Masalan, agar hali bilmasangiz, kompyuter yoki yoʻnaltiruvchi qurilmalarni (router) qanday qayta ishga tushirish haqida soʻrang.

Texnik nosozliklarning oldini olish

Texnik nosozliklarning oldini olish hamda foydalanishni imkon darajasida qulaylashtirish uchun quyidagilarning yangilanib turishiga ishonch hosil qiling:

  • Antivirus himoyasi (shaxsiy kompyuter / Windows qurilmalari uchun)
  • Dasturlarning yangilanishi
  • Brauzerning yangilanishi
  • Agar tashkilotingiz foydalanish hajmini kengaytirayotgan boʻlsa, mos ravishda oʻtkazish qobiliyati va tarmoqqa kirish vositalarining sonini oshiring. 

IT sozlamalaringizni toʻgʻrilash oson boʻlishi uchun ushbu IT varaqlarini yuklab oling.