Khan Academy qaysi qurilmalar va brauzerlarda yaxshi ishlaydi?
Agar siz Khan Academyʼdan qanday foydalanish, xususan, biror tashkilot ichida jamoa boʻlib ishlatish haqida bilmoqchi boʻlsangiz, quyida keltirilgan maslahat va umumiy yoʻriqnomalarni koʻrib chiqishingiz lozim.
Khan Academy quyidagi brauzerlarning soʻngi talqinlarida yaxshi ishlaydi:
- Google Chrome
- Firefox
- Microsoft Edge
- Safari
Biz OC Windows High Contrast foydalanuvchilariga Chromeʼning soʻngi talqinsidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Agar tavsiya qilinganlardan boshqa brauzerdan foydalansangiz, koʻplab muammolarga duch kelishingiz mumkin.
Tashkilot tarkibida foydalanish
Agar siz (yoki sizning tashkilotingiz) yangi texnologiyalar bilan tanish boʻlmasangiz, bu yoʻriqnoma Khan Academyʼdan foydalanishdan oldin nimalar kerak boʻlishini aniqlashda koʻmaklashadi.
Qurilmalarni inobatga olish
Khan Academyʼdan siz turli qurilmalarda foydalanishingiz mumkin. Lekin bizning eng yaxshi tanlovimiz shaxsiy kompyuter va noutbuklardir. Ularda foydalanuvchilar Chrome yoki har qanday boshqa qoʻllab-quvvatlangan brauzer orqali Khan Academyʼga kirishlari mumkin.
Shuningdek, iOS/Android ilovasini yuklab olish yoki mobil brauzer orqali Khan Academy saytiga kirish mumkin boʻlgan planshet va mobil qurilmalarni ham tavsiya etamiz.
Cheklangan manbali Khan Academyʼdan foydalanish
Oflayn dunyoga onlayn taʼlim kuchini olib kiruvchi oson yechim – Kolibri bilan tanishing!