Qanday yordam kerak?

Men Khan Academyʼning iPad ilovasida muammolarga duch kelyapman

Yangilangan

iPadʼda Khan Academy kontentining koʻp qismidan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin boʻlsa-da, ushbu qurilma veb saytga toʻliq mos kelmaydi.

iPad ilovasi Khan Academy videolari va aksariyat mashqlari uchun yaxshi yordam beradi. Ammo Khan Academyʼning baʼzi interaktiv materiallari yoki vositalarini, shu jumladan, mashgʻulot xabarlarini iPadʼda ishlatish qiyinroq yoki umuman ishlatib boʻlmaydi.

Agar siz iPadning eng soʻnggi talqinini ishlatayotgan boʻlishingizga qaramasdan, quyidagi muammolarga duch kelsangiz, bu baʻzi funksiyalarning qoʻllab-quvvatlanmaganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin:

  • Harakatlanuvchi nuqtalarni oʻz ichiga olgan grafik mashqlar
  • Javascript kodlash materiali (kodlash materialining koʻchirish vaqtidan tashqari)
  • Piksar mashqlari
  • Shaxsiy profilni oʻzgartirib boʻlmaslik holati
  • Videoning pastki qismidan xato haqidagi xabarlarni yuborish

Bunday holatlarda, xatolik haqidagi murojjatnomani toʻldirish oʻrniga, iltimos, bizning Maʼlumot markazimizdagi Mobil  Khan Academy forumiga  yozing. Agar bu  funksional imkoniyat iPadʼda mavjud boʻlishi kerak deb oʻylasangiz, ushbu muammolar faqat texnik xatolik sifatida xabar qilinishi kerak.

iPadʼda ilova oʻrniga brauzerni ishlatish orqali ayrim muammolarning oldini olsa boʻladi.

Agar siz iPadʼda yuqoridagi muammolardan farqli oʻlaroq boshqa muammoni koʻrsangiz, yordam markazidagi “Muammo haqida xabar berish” tugmachasidan foydalaning va amalga oshirgan harakatlaringizning har bir bosqichini tavsiflab, iloji boʻlsa, ekrandan skrinshotni ilova qilgan holda xabar yuboring.