Qanday yordam kerak?

Akkauntimni qanday yarataman?

Yangilangan

 

Siz oʻqituvchi, ota-ona yoki murabbiy boʻlishingizdan qatʼi nazar, Khan Academyʼda roʻyxatdan oʻtishingiz oson va bepul. 

Akkauntingizni yaratish uchun  Khan Academy bosh sahifasiga oʻting. Agar “Oʻqituvchi” yoki “Ota-ona” yorliqlarini bossangiz, sizga butun jarayon va oʻquvchilar yoki bolalarni qoʻshish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berib boriladi. Umuman, nimani tanlashingizdan qatʼi nazar, keyingi bosqichda ham oʻquvchi, oʻqituvchi yoki ota-ona sifatida akkaunt yaratish tanlovi mavjud boʻladi.

Akkauntingizni yaratgandan soʻng, ota-ona yoki murabbiy maqomida boʻlsangiz, ekranning yuqori oʻng burchagidagi ismingiz ustiga bosib, u yerdan “Oʻquvchilaringiz” yoki “Farzandlaringiz”ni tanlash orqali Khan Academy murabbiylik funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlasiz. 

Oʻzingiz uchun akkaunt yaratgandan soʻng, oʻquvchilaringiz yoki bolalaringiz uchun ham akkauntlar yaratishingiz mumkin. Agar farzandingiz hali 13 yoshga kirmagan boʻlsa, uning akkaunti maxsus maxfiylik qoidalariga ega boʻladi.

Yoʻriqnomalardan foydalanish uchun quyidagi mos keluvchi qoʻllanmalardan birini tanlang.

Ota-onalar uchun:

Oʻqituvchilar uchun.

Bundan tashqari, oʻquvchilar oʻzlarining akkauntlarini yaratishlari va sizni oʻzining oʻqituvchisi sifatida qoʻshishlari mumkin. Agar texnologiya bilan tanish oʻquvchilaringiz boʻlsa yoki, ayniqsa, oʻquvchilaringiz soni koʻp boʻlsa, bu usulni tavsiya qilgan boʻlardik.