Bitta foydalanuvchining bir nechta oʻqituvchisi boʻlishi mumkinmi? Qo’shimcha oʻqituvchini qoʻshish yoʻli bormi?
Foydalanuvchi istalgan miqdorda oʻqituvchilarga ega boʻlishi mumkin. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda oʻqituvchilar sinfda birga dars oʻta olishmaydi. Bu oʻqituvchi boshqa akkauntlar topshirgan vazifalarni va ularning natijalarini koʻra olmasligini anglatadi. Bu funksiyani yoqishning yagona yoʻli – quyidagi 1-usuldan foydalanish. Biroq aksariyat oʻqituvchilar oʻquvchilarning yutuqlari va baʼzi maʼlumotlarini koʻra olishadi. Buning bir nechta yoʻli bor:
- Bir oʻqituvchi oʻquvchilar sinfini sozlaydi. Oʻqituvchilar shaxsiy akkauntini yaratmasdan, birgalikda bitta akkauntdan foydalanishlari mumkin.
- Bir oʻqituvchi oʻquvchilar sinfini sozlaydi. Boshqa oʻqituvchi oʻzining akkauntini yaratadi. Oʻquvchilar boshqa oʻqituvchining oʻqituvchi kodini qoʻshadi YOKI shu oʻqituvchi oʻquvchilarni taklif qiladi va oʻquvchilar taklifni qabul qiladi. Bu oʻqituvchilar oʻquvchilarning muvaffaqiyatlarini kuzatish uchun ularni sinfga toʻplashi mumkin.
Eslatma: oʻquvchilarda faqat bitta login boʻladi. Ular uchun bir nechta akkauntni yaratishning hojati yoʻq. Sinflaringiz sozlanganidan soʻng, hamma oʻqituvchi har bir oʻquvchining oʻzlashtirishiga teng ravishda kira oladi, lekin agar oʻqituvchining akkauntidan birga foydalanilmasa, topshiriq toʻgʻrisidagi maʼlumot faqat topshiriq berilgan akkauntda koʻrinadi.