Qanday yordam kerak?

Brauzerimda konsol oynasini qanday topsam boʻladi?

Yangilangan

Khan Academy veb saytida muammoga duch kelganingizda, brauzeringizning konsol oynasida bizga muammoni aniqlash va bartaraf etishga yordam beradigan maʼlumot aks ettirilgan boʻlishi mumkin. Ushbu maqola sizning turli xil brauzerlarda konsol oynasini qanday ochishingiz mumkinligini koʻrsatib beradi hamda u yerda topgan maʼlumotlaringizni biz bilan baham koʻrishingiz uchun imkon beradi.

Ishni muammolarga duch kelayotgan sahifadan boshlang. Quyidagi koʻrsatmalarga rioya qiling va ochiq konsol oynasidan skrinshot oling. Agar siz sahifadan skrinshotni fon rejimida ochiq konsol oynasi bilan olishingiz mumkin boʻlsa, unda ishlar zoʻr! Aks holda, ochiq konsol oynasining oʻzigina ishlashi mumkin.

Yordam soʻrash uchun yuborayotgan elektron xatingizga skrinshotni ilova qiling. Agar skrinshotga juda koʻp xatolarni joylashtirish talab etiladigan boʻlsa, konsol oynasidagi xatoliklar matnidan nusxa oling va uni toʻligʻicha xatingizning matn qismiga joylashtiring.

Chrome

  • Yuqori oʻng burchakda joylashgan uchta vertikal nuqtali  tugmachani bosing
  • (More tools) “Qoʻshimcha vositalar”ga kiring, keyin (Developer tools) “Dasturchi vositalari”ni tanlang

gcc1.jpg

  • Yarim oynadagi yon sahifada (Console) “Konsol” oʻrnatilganligiga ishonch hosil qiling

Agar biror xato boʻlsa, qizil harflarda koʻrinadi. Qizil nuqta ustida oq rangli (x) ham boʻladi, undan keyin esa qancha xatolar roʻyxatga olinganligini koʻrsatib turadigan raqam joylashadi.

Firefox

  • Yuqori oʻng burchakda joylashgan uchta gorizontal chiziqli  tugmachani bosing

  • (Web developer) “Veb dasturchi” ni tanlang

  • (Browser Console) “Brauzer konsoli”ni bosing

 cfx3.jpg