Nega toʻgʻri javob kiritsam ham, masala xato chiqyapti?
Yangilangan
Mashqlar bajarishda toʻgʻri javob (garchi u koʻrsatmalardagi javob bilan bir xil boʻlsa ham) qabul qilinmasligining ikkita asosiy sababi bor:
- Kiritilgan javob koʻrsatmalardagi javob bilan aynan bir xil emas.
- Koʻrsatmalardagi javob notoʻgʻri.
Birinchi muammo javobni formatlash bilan bogʻliq, shuning uchun siz kiritgan javob formatga mos kelishiga ishonch hosil qilish uchun ushbu maqolani oʻqib chiqing. Ushbu maqola ikkinchi muammoga taalluqli.
Bunday muammolar uchraganda, javobingiz toʻgʻriligini tekshirgandan soʻng mashqlar sahifasining pastki oʻng burchagidagi “Muammo toʻgʻrisida xabar berish” havolasi yordamida xabar joʻnatishingiz kerak.