Nega oʻquvchilarimni sinfga qoʻshilishga taklif qilganimdan soʻng, ular elektron xabar olishmadi?
Yangilangan
Oʻquvchi sinfingizga qabul qilinishi toʻgʻrisida elektron xabar olmasligining uch sababi bor:
- Oʻquvchi Khan Academy akkauntiga ega. Bu holatda oʻquvchi xabarni bosh menyusining yuqori oʻng burchagidagi “Bildirishnomalar”ga bosib koʻrishi va taklifingizni qabul qilishi mumkin.
- Xat yuborilgan va “Spam” jildiga tushgan. Oʻquvchilaringizdan “Spam” jildini tekshirib, taklif kelgan yoki kelmaganligini aniqlashlarini soʻrang.
- Oʻquvchi cheklangan siyosatli elektron pochtadan foydalanadi. Aksariyat maktablar oʻquvchilar uchun elektron pochtani cheklashadi va ular oldindan ruxsat berilmagan domenlardan elektron xabarlar qabul qila olmaydi.
Agar yuqoridagilardan hech qaysisi muammoni hal qilmasa, oʻquvchilaringiz oʻzlarining shaxsiy akkauntlarini yaratishlari, keyin sizni oʻqituvchi sifatida qoʻshishlari mumkin.