Qanday yordam kerak?

Khan Academy’ning qoʻllab-quvvatlash jamoasiga qanday hissa qoʻshishim mumkin?

Yangilangan

Bizning qoʻllab-quvvatlash jamoamiz har doim Khan Academy’dan foydalanishga doir savollarga javob beradigan va bu borada oʻz takliflari, maslahatlarini ayamaydigan insonlar koʻmagidan foydalanishi mumkin.

Qoʻllab-quvvatlash tarafdorlari dasturi Khan Academy’ning faol aʼzolarini ularning yordamiga ehtiyoji boʻlgan odamlar bilan bogʻlash uchun ishlab chiqilgan tashabbusdir. Bundan maqsad yordamga muhtoj boʻlgan barchaga shu yordamni Khan Academy’ning  qoʻllab-quvvatlash jamoasidagi boshqa foydalanuvchilardan topishga imkon yaratishdir.  

 

Qoʻllab-quvvatlash tarafdorlarida quyidagi fazilatlar boʻlishi kerak:

  • Boshqalarga yordam berish istagi. Avvalo, vazifamiz boshqalarga taʼlimdagi maqsadlariga erishishda yordam berishdan iborat.  Foydalanuvchilar Khan Academy’ga turli sabablarga koʻra murojaat etishadi va ularga kerakli maʼlumotlarni topishda koʻmaklashish oʻzimizga bogʻliq.
  • Ishtiyoq. Khan Academy’ning yuqori sifatli taʼlimidan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga boʻlgan ishtiyoq.
  • Qoʻllab-quvvatlash jamoasi va Khan Academy’da ishlash tajribasi. Platformadan foydalana olish va bilmagan savollaringizga javob topish qobiliyati.
  • Sabr va hamdardlik. Agar siz kimningdir muammosini tinglash va chinakamiga tushunish uchun vaqtingizni ayamasangiz, muammoni hal qila olmagan taqdiringizda ham, muhimi, qimmatli tajribaga ega boʻlasiz.

 

Qoʻllab-quvvatlash tarafdorlariga qoʻyiladigan talablar:

  • Savollarga javob berish, munozaralarda ishtirok etish va sifatli izohlar qoldirish orqali Khan Academy hamjamiyatiga muntazam hissa qoʻshish. Bu qoʻllab-quvvatlash tarafdorlariga Khan Academy platformasi va hamjamiyati bilan yaqindan tanishish va mukammal javoblar va mulohazalarni taqdim etish tajribasini egallash imkoniyatini beradi.
  • Kamida 6 oy davomida turli xil taqiqlar va koʻchirmakashlik, ovoz berishga undash yoki spam kabi noma’qul xatti-harakatlardan xolilik haqidagi qaydlarga ega boʻlish. Qoʻllab-quvvatlash tarafdorlari Khan Academy koʻrsatmalariga muvofiq keluvchi yaxshi xulq-atvor namunalari nimalardan iborat ekanligini bilishlari kerak, shunda ular boshqalar uchun oʻrnak boʻlib xizmat qilishlari va jamiyatga yordam berishda aqlli tashabbuslarni namoyish etishlari mumkin.

 

Tarafdorlarning vazifalari:

  • Jamoatchilikning saytdan foydalanish yoʻl-yoʻriqlari haqidagi savollariga javob berish.
  • Jamoatchilikning saytdan foydalanish yoʻl-yoʻriqlari haqidagi savollariga javob berish.
  • Khan Academy’dan foydalanish imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish boʻyicha maslahatlar va tavsiyalar berish.
  • Khan Academy jamoasining yangi texnik muammolarini hal qilish.
  • Ommabop yoki, ayniqsa, chuqur mazmunga ega boʻlgan gʻoyalarni toʻplash. 

 

Ariza topshirish jarayoni:

Khan Academyʼni qoʻllab-quvvatlash tarafdori arizasi ilovasi orqali bizga murojaat qiling, shunda biz Khan Academy hamjamiyatiga yordam berishga boʻlgan qiziqishingizdan xabardor boʻlamiz.

 

Qoʻllab-quvvatlash tarafdori hisoblanmasam ham oʻz hissamni qoʻsha olamanmi?

Albatta! Jamiyatning har bir aʼzosi barchaning yaxshi taʼlim olishi uchun qulay boʻlgan muhit yaratishda bizga yordam berishi mumkin. Bu borada qanday yordam bera olishingiz haqida bazi maslahatlar:

  • Mukammal javoblar bering. Sabr-toqatli boʻling va saytdan foydalanmoqchi boʻlganlarni iliq qarshi olishga harakat qiling. “Ha” yoki “Yoʻq” deb javob berish oʻrniga tushunish oson boʻlgan toʻliq javoblarni bering.
  • Erkin boʻlishga harakat qiling. Maʼlumotni joylashtirishdan oldin kimdir biror narsa soʻraganiga yoki javob berganiga ishonch hosil qiling va maxsus belgilar yordamida uni tasdiqlang.
  • Talabga javob bermaydigan sharhlar qoldirmang. Takroriy javoblar, spam va mavzuga aloqador boʻlmagan yoki qoʻpol sharhlar berishdan saqlanishingiz kerak. Khan Academyʼdan barcha yoshdagi oʻrganuvchilar foydalanishini unutmang va javoblaringiz ham shunga mos boʻladi, deb umid qilamiz.


Agar sizda jamoaning foydali aʼzosi boʻlish uchun nima qilishingiz mumkinligi haqida biroz ikkilanish boʻlsa yoki koʻproq maʻlumot olmoqchi boʻlsangiz, jamiyat tartib-qoidalarini koʻrib chiqing.