Qanday yordam kerak?

Qanday qilib men nazoratchi boʻla olaman va bu nimalarni oʻz ichiga oladi?

Yangilangan

Quyida nazoratchilar va katta nazoratchilarga (sayt moderatorlariga) qoʻyiladigan talablar berilgan: 

Nazoratchilar

  • Savollarga javob berib borish, munozaralarda ishtirok etish va yuqori sifatli sharhlar qoldirish orqali Khan Academy jamoasiga hissa qoʻshishlari kerak.  Bu esa yangi nazoratchilarga Khan Academy platformasi va jamiyati bilan yaqindan tanishish va mukammal javoblar, fikr-mulohazalarni taqdim etish tajribasini egallashga imkon beradi.
  • 16 yoshdan kichik boʻlmasliklari kerak.  jamiyatda nazoratchilarning ahamiyati katta va biz ularning saʼy-harakatlari hamda berayotgan yordamlarini yuqori baholaymiz. Jamoatchilikning faol va xavfsiz boʻlishini taʼminlash maʼlum darajadagi yetuklik va mulohazakorlikni talab qilgani sababli bizda eng kichik yosh 16 qilib belgilangan.
  • Kamida 12 oy davomida turli xil taʼqiqlar va koʻchirmakashlik, ovoz berishga undash yoki spam kabi nomaʼqul xatti-harakatlardan xoli boʻlganlik haqidagi qaydlarga ega boʻlish talab etiladi.  Khan Academy jamoasining nazoratchilari jamiyat uchun namuna boʻlib xizmat qiladilar va oʻrnak sifatida ular yaqin orada hech qanday bemaʼni xatti-harakatga qoʻl urmaganligi toʻgʻrisida qaydlarga ega boʻlishlari kerak. Hamma ham xato qiladi, lekin yaxshi oʻquvchilar oʻz ustida ishlab, xatolardan saboq olishadi. Nazoratchilarning oʻtmishdagi turli xatti-harakatlari haqidagi xabarlar jamoat aʼzolarini tashvishga solmasligi kerak; eng muhimi, ular toʻgʻri yoʻl-yoʻriqlarga amal qilib, oʻzlarining yaxshi xulq-atvorlarini namoyon etishadi.
  • Nazoratchilar mafkuraviy jihatdan neytral foydalanuvchi nomiga ega boʻlishlari va tarjimayi holida hech qanday siyosiy, diniy yoki boshqa zid qarashlar mavjud boʻlmasligi kerak.  Ularning vazifasi jamoani moʻtadillashtirish va taʼlim tajribasini oshirishga qaratilishi zarur. Bundan tashqari, siyosiy, diniy yoki boshqa ziddiyatli profilning borligi eʼtiborni mavjud tarkib va ​​vaziyatlardan chalgʻitishi mumkin.
  • Jamiyat aʼzolari oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni diplomatik usulda, muloyimlik va qatʼiyat bilan hal qilish qobiliyatiga ega boʻlishlari kerak.  Har qanday onlayn jamiyatda boʻlgani kabi, jamoat aʼzolari oʻrtasida bir-biri bilan qarama-qarshi fikrda boʻlgan yoki bir-birining yordamiga muhtoj holatlar kuzatilishi mumkin (xavfsizlik nuqtayi nazaridan yoki boshqa sabablarga koʻra). Bunday paytlarda nazoratchilar eng asosiy yordamchilardan biridir, shuning uchun qiyin vaziyatlarni toʻgʻri baholash va hal qila olish qobiliyati nazoratchilikning asosiy xususiyati hisoblanadi.

 

Katta nazoratchilar (ayni vaqtda nofaol)

Bu rahbarlik xususiyatlarini namoyon etgan va jamoani qoʻllab-quvvatlash uchun kengroq vakolatlarga ega boʻlishni istagan mavjud nazoratchilar uchun katta imkoniyatdir.

  • Bu vazifani egallash uchun Khan Academy jamoasining moderatori sifatida kamida 6 oy davomida mukammal ish tajribasiga ega boʻlish soʻraladi. Ular nazoratchi sifatidagi faoliyati davomida rahbarlik xususiyatlari  va mulohazakorlikni namoyish etgan boʻlishlari kerak.
  • 18 yoshdan kichik boʻlmaslik kerak.  Katta nazoratchilarning vazifasi jamoada yetakchilik rolini kuchaytirishdir va biz ularning jamoaga qoʻshayotgan hissalari va harakatlarini yuqori baholaymiz. Jamoatchilikning faol va xavfsiz boʻlishini taʼminlash maʼlum darajadagi yetuklik va mulohazakorlikni talab qilgani sababli bizda eng kichik yosh 18 qilib belgilangan.
  • Sinovdan oʻtish qobiliyati.  Katta nazoratchi moderatorlar yuqori darajadagi ishonchni talab qiladigan qoʻshimcha vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega.
  • Kamida 24 oy davomida turli xil taqiqlar va koʻchirmakashlik, ovoz berishga undash yoki spam kabi nomaʼqul xatti-harakatlardan xoli boʻlganlik haqidagi qaydlarga ega boʻlish talab etiladi.  Khan Academy jamoasining katta nazoratchilari jamiyat uchun namuna boʻlib xizmat qiladilar va oʻrnak sifatida ular yaqin orada hech qanday bemaʼni xatti-harakatlarga qoʻl urmaganligi toʻgʻrisida qaydlarga ega boʻlishlari kerak.

 

Nazoratchilarning majburiyatlari:

  • Belgilangan tarkibni muntazam koʻrib chiqish, tegishli choralar koʻrish va doimiy ravishda tozalash (oyiga kamida 20 ta xabar).
  • Zarurat tugʻilganda tarkibni tahrir qilish. Agar xabar foydali boʻlsa, lekin bosh harflar bilan yozilgan yoki imlo xatolari, oʻnlab soʻroq belgilaridan iborat boʻlsa, uni tuzatish. Agar u foydali boʻlsa-yu, lekin ovoz berishni soʻrasa, ovoz berishni talab qiladigan qism olib tashlanishi kerak. Tushunarliroq boʻlishi uchun savollarni qayta yozish ham mumkin.
  • Qoidaga koʻra, salbiy xatti-harakatlar tendensiyasini kuzatib borish va tegishli choralarni koʻrish.
  • Munozarada ishtirok etayotgan, ammo suhbat davomida takroriy ovoz berish/ikonalarni qidirish yoki uy vazifasini soʻrash kabi mavzudan tashqari post-matnli xabarlarni yuborgan foydalanuvchilarni nazorat qilish.
  • Boshqa nazoratchilar va Khan Academyʼning xodimlari bilan aloqada boʻlish va kerak boʻlganda ularning savollariga javob berish.
  • Favqulodda holatlarda foydalanuvchilarning sahifaga kirishini taqiqlash.

 

Ariza berish jarayoni

Khan Academy nazoratchilari arizasi orqali bizga murojaat eting, shunda biz sizning Khan Academy jamoasiga yordam berish niyatida ekanligingizdan xabardor boʻlamiz.