Qanday yordam kerak?

Men yoki tashkilotim kontent yaratish uchun Khan Academy bilan qanday hamkorlik qilishimiz mumkin?

Yangilangan

Ayni paytda biz hamkor kontentlar qabul qilishni rejalashtirayotganimiz yoʻq. Agar siz Khan Academyʼga konent yaratuvchisi sifatida aʼzo boʻlishni istasangiz, tegishli ish oʻrinlari haqida maʼlumot olish uchun bizning ishga qabul qilish sahifamizni koʻrib chiqing. 

Khan Academyʼga tez-tez yangi kontent soʻrovlari kelib turadi, afsuski, biz hammasini joylashtira olmaymiz. Hozirgi vaqtda bizning kichik jamoamiz asosiy ustuvor yoʻnalishlarga, yaʼni K-12 dasturidan iborat boʻlgan asosiy oʻquv fanlari uchun kontent yaratishga yoʻnaltirilgan.

Agar oʻzingiz koʻrishni istagan tarkibga oid soʻrovingiz yoki yangi gʻoyalaringiz boʻlsa, yordam markazidagi kontent soʻrovlari va fikr-mulohazalar  sahifasiga joʻnating. Khan Academy har doim takomillashish yoʻllarini izlaydi va jamoa forumlariga xabar yuborish fikringizni koʻrib chiqishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.