Qanday yordam kerak?

Xatolik haqida batafsil xabar yuborishim uchun qanday ma’lumotlarni kiritishim kerak?

Yangilangan

Xatolik va kamchiliklar haqida mukammal hisobot joʻnata olishingiz uchun sizga eng yaxshi tavsiyalarni berishni xohlaymiz! Bu bizga siz uchun oʻqish jarayonini yaxshilashimizda yordam beradi.

Dasturchilarimizda eng yaxshi mulohaza va xatolik haqida xabar berishga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan quyidagi savollar mavjud:

  1. Ushbu gʻoya / xatoni topganingizda qayerda edingiz? (URL manzilini kiriting)
  2. Siz nima sodir boʻlishini kutgan edingiz?
  3. Aslida nima sodir boʻldi?
  4. Sahifangizni qayta yuklasangiz, muammo  hal boʻladimi?
  5. Vaqtinchalik yechim topdingizmi?
  6. Xatolikni skrinshot qilib olish juda foydali boʻladi. Skrinshotni qanday olish haqida batafsil maʼlumot havolada berilgan. 

Masalan, biror sababga koʻra tizimga kira olmasangiz va bu haqda
Saytga kira olmayapman. Yordam bering!

deb xabar yozsangiz, bu bizga unchalik yordam bera olmaydi. Buning oʻrniga yuqoridagi savollarga bir nazar tashlang. Sizga yordam berishi mumkin boʻlgan javobimiz quyidagi koʻrinishda boʻlishi mumkin:

  • Bosh sahifada boʻlganimda (https://www.khanacademy.org/) “Facebook orqali tizimga kirish” tugmachasini bosdim. Facebookʼga kirish sahifasini koʻrishni kutgandim, buning oʻrniga sahifa qora boʻlib qoldi. Sahifani qayta-qayta yuklab koʻrdim, lekin yana oʻsha holat sodir boʻldi.”

Vaqtinchalik yechimga keladigan boʻlsak, sizning muammongiz bitta brauzer bilan chegaralanganmi yoki saytning boshqa qismida funksionallikka ruxsat oldingizmi, shuni bilmoqchimiz. Masalan:

  • Chromeʼda bu muammo bor edi, lekin Firefoxʼda yoʻq”.
  • Chromeʼdan Firefoxʼga oʻtish va kesh/cookie-fayllar/tarixni tozalash unchalik katta ahamiyatga ega emas edi, lekin men Khan Academyʼda roʻyxatdan oʻtib, tizimga kirishga muvaffaq boʻldim”.

Bilamizki, hamma foydalanuvchilar ham turli xil brauzerlardan foydalanib koʻrishmaydi, shunday boʻlsa-da, agar siz biror nosoz holatga duch kelgan boʻlsangiz, biz buni ham bilishni istardik. Bajargan harakatlaringiz bosqichlarini tavsiflab (iloji boʻlsa, skrinshot bilan), muammo haqida xabar  berishingiz mumkin.