Koʻngillilarga qanday qilib muntazam yordam berishim mumkin?
Agar yordam berishni istasangiz, foydalanishingiz mumkin boʻlgan bir nechta koʻngillilar dasturlari mavjud: kontentni tarjima qilish, sayt sharhlarini meʼyorlashtirish, qoʻllab-quvvatlash jamoasiga yordam berish va KADJ chaqiruv kengashida yangi tanlovlarni rivojlantirish. Bundan tashqari, Khan Academyʼning eng yaxshi jihatlaridan biri bu uning birgalikda ta’lim olish orqali rivojlanadigan jamiyat ekanligidir. Biror tadbirni tashkil qilish yoki unda qatnashish orqali birgalikda taʼlim olish quvonchini baham koʻring. Oʻz guruhingizni ilhomlantirish uchun quyidagi gʻoyalarni koʻrib chiqing:
Doʻstlar bilan sayr qiling
Doimiy sayr qilish uchun doʻstlaringizni toʻplang va ularni Khan Academy bilan tanishtiring. Agar ularga bu yoqsa, sayrni muntazam oʻquv klubiga aylantiring va Khan Academy orqali yangi dars yoki mavzuni birgalikda oʻrganish uchun tanlang.
Kitob klubi
Oʻqishni yoqtirasizmi? Doʻstlaringizni ham taʼlimga oid kitoblarni oʻqishga undang, keyin oʻrganganlaringizni baham koʻrish uchun bir joyga yigʻiling. Boshlanishiga Salmonning “One World Schoolhouse” kitobi juda mos keladi.
Oʻqishni yoqtiruvchilar klubi
Doimiy uchrashuvlar jadvalini tuzing. Oʻqishni istagan odamlarni taklif qiling. Birgalikda oʻrganish uchun yangi boʻlim yoki mavzuni tanlang. Qayd etgan maʼlumot va tavsiyalaringizni baham koʻring. Bilim olishdan rohatlaning!
Taklif: mahalliy kutubxonangizda yoki jamoat markazida koʻngilli boʻlib xizmat qiling va Khan Academyʼni foydali qoʻshimcha manba sifatida tanishtiring. Yoki agar sizning hududingizda biror-bir dastur boʻlmasa, “Oʻqishni yoqtiruvchilar” klubini tashkillashtiring.
Ta’limga yoʻnaltirilgan uchrashuvlar
Hayotingizda yoki jamoangizda Khan Academyʼdan foydalana olishi mumkin boʻlgan biror kishini taniysizmi? Khan Academy akkauntida roʻyxatdan oʻtish orqali ularning bilim olishlarini qoʻllab-quvvatlang va sizni murabbiy sifatida tayinlashlarini soʻrang. Oʻquvchilaringizning oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini qanday qilib yaxshilashni muhokama qilish uchun boshqa murabbiylar bilan uchrashib turing.