Qanday yordam kerak?

Sizda umumiy asosiy standartlarni qoʻllamaydigan foydalanuvchilar uchun kontent bormi?

Yangilangan

Khan Academyʼdan 50 ta mamlakatda va butun dunyoda foydalanishadi. Bizning maqsadimiz barcha uchun va har joyda jahon standarti darajasidagi bepul taʼlimni taqdim qilish va bizning matematika kontentimiz asosiy arifmetikadan tortib, hisoblash asoslarigacha choʻzilgan. Umumiy asosiy standartlarni qabul qilgan koʻp maktablar Khan Academyʼdan foydalanadi, lekin bu bizning bepul manbalarimizdan foydalanishning koʻplab usullaridan biri, xolos. Shuningdek, Eureka math/EngageNY (3-8) qoʻllab-quvvatlash va bir nechta milliy oʻqish dasturlari mavjud. 

Yuqori sifatli materiallar va individual oʻqitishni uygʻunlashtirib, Khan Academy barcha oʻquvchilarga oʻquv dasturidan qatʼi nazar, taʼlimi uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga olish imkonini beradi. Biz umumiy asosiy standartlarga mos sinf darajasidagi maqsadlarni yaqinda qoʻshganimizga qaramasdan, oʻzimizning, shu jumladan, “Matematika olami” original maqsadimizni saqlab qoldik. Umumiy asosiy standartlardan foydalanmaydigan davlatlardagi aksariyat foydalanuvchilar bu materiallarni muvaffaqiyatli ishlatishda davom etmoqda.

Kontent jamoamizning hajmi kichik boʻlganligi tufayli hozir bizda umumiy asosiy standartlardan farq qiluvchi oʻquv rejasiga amal qilishimiz uchun manbalarimiz yoʻq. Biroq umumiy asosiy standartlardan foydalanmaydigan koʻp maktablar (jumladan, AQSH maktablari va AQSHdan tashqaridagi maktablar) oʻzlarining shaxsiy oʻquv hujjatlarini yaratishda ushbu elektron jadvalni (ayniqsa, “mashqlar” sahifasi) foydali deb topishdi.