Qanday yordam kerak?

Bolalar meni ota-ona yoki murabbiy sifatida qoʻshganda, nega ularning hamma ballari menga yuborilyapti?

Yangilangan

Bu holat asosan bolalar yoki talabalar Khan Academyʼga oʻzlarining akkauntlarini oʻrnatish uchun foydalangan, odatda ota-ona yoki oʻqituvchi akkaunti bilan bogʻlangan elektron pochta manzillari orqali kirganda roʻy beradi. Ular ballar va boshqa nishonlarni qabul qilish uchun sizning akkauntingizdan chiqib, oʻz akkauntlariga kirishlari kerak. Quyida bosqichma bosqich koʻrsatmalar berilgan:

  1. Ekranning yuqori oʻng burchagidagi ismingiz ustiga bosing.
  2. “Chiqish”ni tanlang.
  3. Yuqori oʻng burchakdagi “Kirish”ni bosing.
  4. Farzandlaringiz shaxsiy foydalanuvchi nomlari  va parollaridan foydalanib tizimga kirishi mumkin.

Zarur boʻlsa,  farzandingizning parolini qayta oʻrnatish uchun ushbu koʻrsatmalarga amal qilishingiz mumkin.