Oʻzimning yoki talabalarimning foydalanuvchi nomlarini qanday topsam boʻladi?
Yangilangan
Agar oʻzingizning akkauntingizga kirgan boʻlsangiz, foydalanuvchi nomini profilingizdan topishingiz mumkin.
Bundan tashqari, profilingizning veb manziliga ham foydalanuvchi nomingiz kiritiladi.
Misol uchun: Agar veb manzil (https://uz.khanacademy.org/profile/talaba2014/) boʻlsa, foydalanuvchi nomingiz – talaba2014.
Siz oʻqitayotgan har bir talabaning foydalanuvchi nomini topish uchun quyidagi koʻrsatmalarga amal qiling:
- Ekranning yuqori oʻng qismida joylashgan nomingiz ustiga bosing. Menyu ochiladi.
-
“Oʻqituvchining boshqaruv paneli”ga kiring.
- “Oʻquvchilar”ni bosing.
- Tegishli oʻquvchining ismi ustiga bosing.
- Oʻquvchi profili paydo boʻladi. Agar oʻquvchining foydalanuvchi nomi boʻlsa, u profilning yuqori qismida @ belgisidan keyin koʻrinadi.
- Bundan tashqari, ushbu profilning manzili tarkibida ham oʻquvchining foydalanuvchi nomi boʻladi.
Quyidagi maqolalarni ham oʻqing: