Qanday yordam kerak?

Khan Academyʼga Xitoy va Erondan kirishim mumkinmi?

Yangilangan

Khan Academy saytining bosh sahifasiga https://www.khanacademy.org tashrif buyurganingizda, hamma funksiya toʻgʻri ishlashi kerak. YouTube Xitoy va Eronda bloklangan holatlarda, videolarni koʻrish uchun muqobil video pleyerlardan foydalanamiz. Agar saytga kirishda muammolarga duch kelsangiz, iltimos, bizga xabar bering.

Agar siz Khan Academyʼning xitoy tilidagi (moslashtirilgan) kontentini izlayotgan boʻlsangiz, saytning tarjima qilingan varianti  uchun https://zh-hans.khanacademy.orgga tashrif buyuring.

https://fa.khanacademy.org manzilida Khan Academyʼning baʼzi videolarini fors tilida ham topishingiz mumkin.

Agar internetga ulanish bilan bogʻliq muammolarga duch kelsangiz, Kolibri  platformasi orqali ham Khan Academyʼga kirsangiz  boʻladi. Kolibri bilan bogʻliq yordam olish uchun bizga murojaat qiling.