Qanday yordam kerak?

Parolimni qanday qilib qayta oʻrnatishim mumkin?

Yangilangan

Agar Khan Academyʼdagi akkauntingiz Facebook yoki Google orqali yaratilgan boʻlsa, sizning parolingiz oʻsha sahifalarga kirishda ishlatadigan parolingiz bilan bir xil boʻladi. Parolni toʻgʻridan toʻgʻri  Facebook  yoki  Google orqali qayta oʻrnatishingiz mumkin.

Agar Khan Academyʼda akkauntingiz boʻlsa va parolingizni unutgan boʻlsangiz, ushbu havolaga kiring.

mceclip0.png

Elektron pochta manzilingizni kiritib, “Parolni qayta oʻrnatish” (Reset password) tugmachasini bosganingizdan soʻng, takrorlanmas URL sizning  pochta qutingizga yuboriladi. Ushbu URLga kirganingizda, yangi parol oʻrnatish soʻraladi. Agar elektron xabar yetib kelmasa, spam papkangizni tekshiring.

Agar siz allaqachon Khan Academyʼda roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, akkauntingiz sozlamalariga kiring.

mceclip1.png

“Parolni oʻzgartirish” (Change password)ni bosganingizdan soʻng, joriy parolingizni kiritish yoki Google va Facebook orqali akkauntingizni tasdiqlashingiz kerak. 

Screenshot_021220_025207_PM.jpg

Shundan keyin oʻzgarishlarni saqlash uchun “Parolni oʻzgartirish”ni  bosishni unutmang.

Quyidagi maqolalarni ham oʻqing: