Qanday yordam kerak?

Khan Academyʼda oʻqitishni qanday boshlashim mumkin?

Yangilangan
Khan Academyʼga xush kelibsiz!
 
Khan Academyʼdan oʻz oʻquvchilaringiz bilan birga foydalanishni boshlash uchun quyidagi toʻrt bosqichni bosib oʻting.
  • 1-qadam. Oʻz akkauntingizni yarating.  uz.khanacademy.org havolasiga oʻting.  “Oʻqituvchilar”ni  tanlang va akkauntingizni yaratish uchun koʻrsatiladigan yoʻriqnomalarga rioya qiling.
LOHP_Teachers.jpg
 
LOHP_Teachers_Start_Here.jpg
 
Eslatma:  nimani tanlashingizdan qatʼi nazar, yangi akkaunt yaratishni boshlaganingizda oʻzingizni oʻquvchi, murabbiy yoki ota-ona sifatida belgilash tanlovi boʻladi. Akkaunt yaratish toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bu yerga bosing.
  • 2-qadam. Sinf yarating.  Ekranning yuqori oʻng burchagidagi foydalanuvchi ismi ostida yoyiladigan menyudan  oʻqituvchi boshqaruv paneliga oʻting.  Yangi sinf qoʻshish  tugmasini bosing.
 
Add_new_class_in_Classes_Tab.png
Sinfga oʻzingiz nom kiritishingiz yoki sinfni Google Classroomʼdan import qilishingiz mumkin. Keyin esa sinfingiz uchun biror fan tanlang. Sinf yaratish toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun  bu yerga bosing.
 
Eslatma:  biror fanni qoʻshishingiz Khan Academyʼga shunga aloqador boshqa materiallar ham taklif qilib borish imkonini beradi. Bu esa siz oʻquvchilaringizga oʻsha materiallar boʻyicha ham dars oʻtishingiz, topshiriqlar berishingiz, oʻquvchilar ham saytning boshqa qismlarida bemalol mashqlar bajarishi mumkinligini anglatadi.
  • 3-qadam. Oʻquvchilaringizni qoʻshing.
Oʻquvchilarni sinfga qoʻshishning toʻrt usuli bor:
  • Oʻquvchilar oʻzlarini sinf kodi boʻyicha qoʻshishi.  Har bir sinf yagona sinf kodiga ega. Oʻquvchilar sinfingizga qoʻshilish uchun sinf kodini www.uz.khanacademy.org/coaches manzilida kiritishlari kerak.
 
mceclip0.png
  • Google Classroom akkauntingizga havola orqali qoʻshish.  Bunda dastlab havolani oʻquvchilaringizga ulashasiz, ular qoʻshilgandan keyin u yerdagi sinfingizni import qilishingiz kerak. Google uchun sizning foydalanuvchi ismingiz va parolingiz kerak boʻladi.
  • Oʻquvchilarni elektron pochta orqali taklif qilish.  Sizga oʻquvchilaringizning elektron pochta manzillari kerak boʻladi.
  • Oʻquvchilarni elektron pochta akkauntisiz qoʻshish.  Bunda siz ular uchun Khan Academy akkauntini yaratasiz.
  • 4-bosqich. Sayt boʻylab ishonch bilan harakatlanish.
Oʻqituvchi boshqaruv paneli  – oʻqituvchining Khan Academyʼdagi bosh sahifasidir. Siz unga har doim sayt yuqori markazidagi Khan Academy logotipini bosib yoki ekranning yuqori oʻng burchagidagi foydalanuvchi ismi ostida yoyiladigan menyudan  “Oʻqituvchi boshqaruv paneli”ni  tanlab kirishingiz mumkin.
 
Eslatma: agar hali birorta oʻquvchingiz boʻlmasa, akkauntingizda  “Oʻqituvchi boshqaruv paneli”  oʻrniga  “Oʻquvchi qoʻshish”  buyrugʻi paydo boʻlishi mumkin.
 
Agar Khan Academy logotipiga bosish sizni oʻqituvchi boshqaruv paneliga olib kelmasa, sozlamalarni oʻzgartirishingiz kerak boʻladi. Buning uchun yuqori oʻng burchakdagi foydalanuvchi ismiga bosib, yoyiladigan menyudan  “Sozlamalar”ni  tanlang, u yerda  “Rollar”  gacha tushib boring va “Oʻqituvchi/murabbiy” varianti yonidagi katakchani belgilang. Sizning bosh sahifangizda oʻqituvchi boshqaruv paneli oʻrnatilganligiga ishonch hosil qiling.