Qanday yordam kerak?

Farzandim 13 yoshdan kichik boʻlsa, tizimga kirishning qanday yoʻllari mavjud?

Yangilangan
 
Khan Academyʼdan foydalanishga qiziqqan bolalarni himoya qilish uchun xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab chiqdik.
 
13 yoshdan kichik bola Khan Academyʼda akkaunt ochishga urinsa, roʻyxatdan oʻtish oynasidan keyingi sahifa boladan ota-onasining elektron pochta manzilini kiritishni soʻraydi. Biz oʻsha manzil orqali ota-onalarni bolalar akkauntini yaratish boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalardan xabardor qilamiz.
 
13 yoshdan kichik bola Khan Academyʼda akkaunt ochmoqchi boʻlsa, buning uchun hozir bizda uch xil variant mavjud:
  • Bolaning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi  khanacademy.org/parentga tashrif buyurib, bola uchun akkaunt ochishi mumkin. Shundan keyin ota-ona “Farzandingizni qoʻshing” tugmasini bosishi mumkin. Ota-ona akkaunti avtomatik ravishda bola akkauntiga bogʻlanadi va uning doimiy murabbiyiga aylanadi. Bolaning xavfsizligini taʼminlashga yordam berishi uchun bolalar akkauntida baʼzi bir amallarni bajarish taqiqlangan. Ota-ona akkauntlari elektron pochta manzilini taqdim etishingizni soʻraydi, lekin ota-ona akkaunti bilan bogʻlangan bola akkauntlari alohida elektron pochta manzillarini kiritishingizni talab qilmaydi.
  • Bolaning oʻqituvchisi ham akkaunt ochishi mumkin. Koʻplab maktablar maktabning oʻzi nazorat qiladigan boshqariluvchi akkauntlarni ochishga imkon beradigan  “Taʼlim uchun Google ilovalar”dan foydalanadi. Ushbu Google akkauntlari 13 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarga berilishi mumkin.
  • Bolalarning oʻzlari akkaunt ochishi mumkin. Akkaunt ochish jarayonida ulardan ota-onasining elektron pochta manzilini kiritishlari soʻraladi. Shundan soʻng ota-onaning elektron pochtasiga farzandining akkauntini 7 kun ichida tasdiqlash soʻralgan xabar keladi.

 

Quyidagi maqolalarni ham oʻqing: