Qanday yordam kerak?

Khan Academyʼdan boshqa tillarda foydalansa ham boʻladimi?

Yangilangan

Khan Academy boshqa tillarga ham tarjima qilingan. Siz tillarning toʻliq roʻyxatini va ularning qanchasi tarjima qilinganini bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Khan Academy veb saytining pastki hoshiyasida oʻzingizga kerakli tilni tanlashingiz mumkin.

 

Khan Academyʼdan foydalanganingizda ingliz tilidan boshqa tilni standart til sifatida tanlashingiz mumkin (koʻrsatmalar bu yerda).

Ingliz tilidagi koʻplab videolarimiz uchun subtitrli tarjimalar ham mavjud. Khan Academy videolaridagi subtitrlarni qanday yoqish haqida koʻproq maʻlumot olish uchun ushbu maqolani koʻrib chiqing.

Tarjima qilingan kontentni asosan bizning koʻngillilardan iborat jamoamiz amalga oshirdi, bu bizga kontentni boshqa tillarda ham taqdim etishga yordam beradi. Tarjima ishlariga qoʻshilish uchun www.khanacademy.org/contribute saytiga tashrif buyuring.

Ushbu sa’y-harakatlar asosan koʻngillilar tomonidan amalga oshiriladi, bir nechta til guruhlarini mahalliy fondlar va homiy tashkilotlar qoʻllab-quvvatlamoqda.  Biz doimo Khan Academyʼni yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha tashkilotlar va shaxslarni izlaymiz.