Qanday yordam kerak?

Khan Academyʼning notijoratligi sababi nimada?

Yangilangan

Khan Academy IRS (ichki daromad xizmati) tasdigʻidan oʻtgan 501(c)(3) turda roʻyxatga olingan notijorat tashkilotdir. Khan Academy materiallari  www.khanacademy.org manzilida bepul taqdim etiladi.  Tashkilot homiylarning saxovati va grantlar bilan qoʻllab-quvvatlanadi.  Biz har bir inson jahon stardartlari darajasida bepul taʼlim olish huquqiga ega boʻlishi kerak deb hisoblaymiz.

Salmonga Khan Academyʼdan foyda olishni yoʻlga qoʻyish takliflari berilgan boʻlsa-da, u bu ishni notoʻgʻri deb bildi. Uning qarashi quyidagicha edi: “Men 80 yoshga kirganimda, dunyo boʻylab milliardlab oʻrganuvchilar uchun jahon standartlari darajasidagi taʼlimni joriy qilishga yordamim tekkanini his qilishni istayman. Bu rivojlangan mamlakatlarning oyiga $19,95 toʻlaydigan va oxir-oqibat biror-bir oʻquv kompaniyasiga sotilib ketishi mumkin boʻlgan guruhini oʻqitish biznesini boshlashdan koʻra yaxshiroq. Mening goʻzal rafiqam, quvnoq oʻgʻlim, ikkita “Honda” mashinam va koʻrkam uyim bor. Insonga bundan ortiq yana nima kerak?”