Qanday yordam kerak?

Khan Academyʼning tarixi qanday?

Yangilangan

Khan Academy Salmon Xan tomonidan 2008-yilda tashkil etilgan notijorat taʼlim tashkilotidir. Bizning vazifamiz har kimga, har joyda dunyo standartlari darajasidagi bepul taʼlim berishdan iborat.

Bizning onlayn materiallarimiz matematika va moliyadan tortib, tarix va sanʼatgacha turli fanlarni qamrab oladi. Minglab kichik hajmli videolar, koʻp bosqichli masalalar va tezkor axborotlar bilan birga, Khan Academy boy va qiziqarli oʻquv tajribasini ham taqdim etadi. Oʻrganish faoliyatingiz davomida ballar va nishonlarga ega boʻlishingiz, shuningdek, boshqalarga taʼlim berishingiz mumkin.

Onlayn materiallarni yaratish bilan bir qatorda ularni dunyoda eng keng tarqalgan tillarga  tarjima qilamiz  va maktablarda darslarga innovatsion oʻqitish usullarini joriy etish boʻyicha  ish olib boramiz. Khan Academy maqsadlari haqida koʻproq maʼlumotni (http://www.khanacademy.org/about) manzili orqali olishingiz mumkin. 

Khan Academyʼga kim asos solgan?

Khan Academy Salmon Xan tomonidan tashkil etilgan. Salmon Luiziana shtatining Nyu Orlean shahrida tugʻilib oʻsgan. Onasi Hindistonning Kalkutta shahrida, otasi esa Bangladeshning Barisal shahrida tugʻilgan. Salmon – Massachusets texnologiya instituti va Harvardda ilmiy darajalarga ega boʻlgan sobiq fond tahlilchisi. 

Khan Academy faoliyati qanday boshlangan?

2004-yil avgust oyida Salmon Xan hisob-kitobda qiynalayotgan qarindoshi Nadiyani masofadan oʻqitishni boshladi. Uning zakovatidagi Shveytsariya pishlogʻidagiga oʻxshash boʻshliq unga murakkabroq matematik bosqichga oʻtishga imkon bermayotgan edi. Nadiya Nyu Orleandaligi, Salmon esa Bostonda investitsiya fondida ishlayotgani sababli Salmon uni ishdan keyin telefon va Yahoo Doodle orqali oʻqitishni boshladi.

Nadiya matematika darsida yaxshi qatnasha boshlagandan soʻng, yon atrofga bu haqda gaplar tarqaldi va Salmon bir nechta amakivachchalari va oila aʼzolariga taʼlim berishni yoʻlga qoʻydi. Vaqtni rejalashtirish katta muammoga aylandi va 2006-yilda u hamma oʻz tezligida koʻra olishi uchun videodarslar yozib, Youtubeʼda joylashtirga qaror qildi. Ularni tomosha qiluvchilar soni kundan kunga koʻpayib bordi. Shundan beri Salmon videodarslar tayyorlashda davom etmoqda.

Tashkilot 2008-yilda 501(c)(3) turda notijorat tashkilot sifatida roʻyxatga olingan. Salmon Xan 2009-yil kuzigacha boʻsh vaqtlarida Khan Academy ustida ish olib bordi, shundan keyin u ishdan boʻshab, butunlay Khan Academy bilan shugʻullanishga qaror qildi. U Ann Doerrdan birinchi muhim ehsonni olguncha, datlabki toʻqqiz oy davomida oʻz jamgʻarmasidan foydalandi. 2010-yil sentyabr oyida Khan Academy Google (2 million dollar) hamda Bill va Melinda Geyts fondidan (1,5 million dollar) katta miqdorda yordam mablagʻi oldi va tashkilot tuzishga kirishdi.

Sal McKinsey kompaniyasi maslahatchisi Shantana Sinxani bosh direktor lavozimiga taklif qildi. Ular Nyu Orleandagi oʻrta maktabda matematika boʻyicha raqobatchi, MITda birinchi kurslik paytlarida xonadosh va uzoq vaqt doʻst boʻlishgan. Ular darhol dasturiy taʼminot va loyihani  ishlab chiqish uchun Fog Creek Software kompaniyasidan Ben Kamens va Jeyson Rosoffni yollashdi. 2010-yil oktyabr oyida kichik jamoa oʻzlarining birinchi ofisiga koʻchib oʻtdi. 

Khan Academy faoliyatining boshlanishi haqida koʻproq maʼlumot olish uchun  Sal TED Talkʼni koʻrib chiqing.