Mashqlar bilan bogʻliq xatolik yoki muammo haqida qanday xabar beraman?
Yangilangan
Agar oʻzlashtirish uchun topshiriq yoki amaliy mashqlarning savoli notogʻri boʻlsa, masalaning pastki oʻng burchagidagi “Muammo toʻgʻrisida xabar berish” havolasidan foydalanib, Khan Academyʼning qoʻllab-quvvatlash jamoasiga xabar berish kerak (quyidagi rasmga qarang).
Bu ishlab chiqish guruhiga qaysi masala ustida ishlayotganingizni va uni yechish uchun qanday bosqichlardan oʻtkaningizni bilish imkon beradi.
Agar muammo aynan shu masalaga tegishli boʻlmasa, bu haqda yordam markaziga xabar bering va bajargan ishlaringiz bosqichlarini tavsiflab (iloji boʻlsa, skrinshotlari bilan), talabnoma yuboring.