Bir koʻrinishdan (ota-ona, oʻqituvchi yoki oʻquvchi) boshqasiga qanday oʻtish mumkin?
Har bir cheklanmagan akkaunt (13 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun) Khan Academyʼdan ota-ona, oʻqituvchi va oʻquvchi sifatida foydalanishi mumkin.
Akkauntingiz yaratilishi bilan, doim Khan Academy logotipi yoki ismingiz ustiga bosib, keyin menyudan “Oʻquvchilar” sahifasiga oʻtib, oʻzingizning bosh sahifangizga qaytishingiz mumkin.
Bu sizni oʻquvchi sahifasiga olib keladi, bu yerda siz oʻrganishni boshlagan fanlaringizni koʻrishingiz mumkin.
Oʻqituvchining uskunalar paneli sizga oʻqituvchi/murabbiy sahifasini ochadi, bu yerda siz oʻquvchilaringizning oʻzlashtirishini kuzatishingiz va topshirilgan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berishingiz mumkin.
Ota-onalar uchun uskunalar paneli sizni ota-onalar sahifasiga olib kiradi, bu yerda siz farzandingizning oʻzlashtirishi va faolligini koʻrishingiz mumkin.
Khan Academy akkauntini yaratganingizdan soʻng, “Oʻqituvchilar” tugmasini bosganingizda, sizga sinf yaratish taklif qilinadi va siz oʻqituvchi/murabbiy bilan bogʻliq elektron xatlar olasiz. Agar siz “Ota-onalar” tugmasini bossangiz, avtomatik tarzda bir ekranga yoʻnaltirilasiz, u yerda siz bolalar akkaunti yaratishingiz yoki oʻzingizning akkauntingizni yaratgandan soʻng uni farzandingizning mavjud akkaunti bilan bogʻlashingiz mumkin. Kattalar akkauntlarining barchasi yuqorida koʻrsatilgandek, monitoring panelini oʻzgartirib, sinflar va bolalar akkauntlarini yaratish imkoniyatiga ega.
Quyidagi maqolalarni ham oʻqing: