Qanday yordam kerak?

Khan Academyʼning savdo belgisi va brendidan foydalanish qoidalari qanday?

Yangilangan

Khan Academy jamoatchilikning yordami va uning vazifa va xizmatlariga qiziqishini qadrlaydi.  Brend va savdo belgilarining obroʻyi juda muhim boʻlgani sababli Khan Academy ushbu belgilar va materiallarni himoya qilish uchun tegishli choralarni koʻrishi kerak. Khan Academy ushbu savdo markalari va materiallardan foydalanishni yoki ularga havola berishni istaganlar uchun quyidagi koʻrsatmalarni taqdim etadi. 

Khan Academy materiallari veb sayt va videolarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi. Foydalanish boshqa veb saytlar, mobil saytlar, qurilmalar, portallar, ilovalar va APIʼlarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi.  

Siz Khan Academy savdo belgilari yoki materiallaridan quyidagi koʻrsatmalarga hamda (www.khanacademy.org/about/tos)da joylashgan Khan Academyʼning umumiy shart va qoidalariga muvofiq foydalanishingiz mumkin. 

Agar ushbu qoidalar boʻyicha savollaringiz boʻlsa,  info@khanacademy.org manziliga yozing.

KHAN ACADEMY® soʻz belgisi va dizayn logotipi: 

 trademark.pngSM

 

Belgilardan foydalanishga ruxsat etilgan holatlar:

KHAN ACADEMY® soʻz belgisidan Khan Academy haqida toʻgʻri va asosli bayonot berish, shuningdek, uni muhokama yoki tanqid qilish uchun qonuniy ishlatishingiz mumkin.  KHAN ACADEMY® soʻzini qonuniy ishlatish aniq bayonotlarni oʻz ichiga oladi, masalan:

  • Havola berilgan KHAN ACADEMY® video maʼruzasi tushuntiradi ...; va
  • KHAN ACADEMY® veb sayti www.khanacademy.orgʼda joylashgan.

 

Belgilardan foydalanish taqiqlangan holatlar:

Belgilangan yozma ruxsatnomangiz boʻlmasa, sizga quyidagi faoliyatlar  MUMKIN EMAS:

  • Khan Academyʼning savdo belgilaridan siz Khan Academy tomonidan qoʻllab-quvvatlangan yoki unga aloqador ekanligingizga boshqalarni ishontiradigan tarzda foydalanish. 
  • Khan Academy dizayn logotiplari yoki KHAN ACADEMY® soʻz belgisini choʻzish, tahrirlash, shakl berish, qayta boʻyash, birlashtirish yoki boshqa usulda oʻzgartirish.
  • Har qanday holatda, Khan Academy sizni yoki mahsulotlaringiz va xizmatlaringizni qoʻllab-quvvatlashini, tasdiqlashini bildirish yoki shunga ishora qilish. 
  • Khan Academy savdo belgilarini oʻzingizning savdo belgilaringiz bilan bogʻliq holda koʻrsatish.
  • Ilova yoki boshqa xizmatlarga nom berish yoki reklama qilishda Khan Academy savdo belgilaridan foydalanish; shuningdek, tashkilotlar yangi brend yaratish uchun oʻz brendlarini Khan Academy bilan birlashtira olmaydi (masalan, “Khan EduCo Academy”). Buning oʻrniga quyidagi jumlani ishlating: “Khan Academy tomoshabini”. Bu Khan Academy taklifni qoʻllab-quvvatlamasligini koʻrsatadi.

 

Materiallardan foydalanishga ruxsat berilgan holatlar:

 

Mualliflik huquqi: Bizning litsenziyamizga muvofiq, materialdan foydalanganda Khan Academyʼga havola berishingiz kerak, ammo bu Khan Academy sizni yoki materiallardan foydalanishni toʻgʻridan toʻgʻri tasdiqlashini anglatmaydi. Iltimos, (www.khanacademy.org) havolasini va quyidagi jumlani kiriting:

Eslatma: Khan Academyʼning barcha materiallaridan (www.khanacademy.org)da bepul foydalanishingiz mumkin.

Bundan tashqari, agar Khan Academy materiallari login talab qiladigan xizmat tarkibiga kiritilgan boʻlsa, Khan Academyʼning barcha materiallaridan (www.khanacademy.org)da bepul foydalanish mumkinligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma saytga kirishdan oldin keltirilishi lozim.

Notijorat:  Khan Academy “notijorat” deganda foydalanuvchilar uchun savdo yoki foyda olishga moʻljallanmagan har qanday faoliyatni nazarda tutadi.Bir nechta misollar:

  • Veb saytdagi reklamalar tijorat deb hisoblanadi. Shuningdek, uchinchi tomondan Khan Academyʼdan oʻz xizmatlari yoki mahsulotlari uchun reklama yoki marketingda foydalanish tijorat deb hisoblanadi.
  • Biror tijoriy korporatsiyaning kontentimizdan kasb malakasini oshirish va / yoki xodimlarini oʻqitish uchun foydalanishi “notijorat“ hisoblanadi (agar korporatsiya xodimlaridan haq olmasa).
  • Kontentimizni pulli taklifga qoʻshgan tashkilot tomonidan uning ishlatilishi “notijorat” EMAS.
  • Mobil ilovalar yoki boshqa shunga oʻxshash foydalanish holatlarda sarlavha va / yoki tavsif uning norasmiy ekanligini aniq koʻrsatishi kerak; agar “biz bilan bogʻlaning” boʻlimi bor boʻlsa, texnik muammolar boʻyicha murojaat qilish uchun ishlab chiqaruvchilar(lar) roʻyxatga olinishi kerak.

 

Materiallardan foydalanish taqiqlangan holatlar:

Har qanday holatda, masalan, veb sayt va materiallar uchinchi tomon kontenti, materiallar yoki brendlar tomonidan “qisqartirilganda”, chigallashtirilganda siz Khan Academy veb sayti yoki materiallarini joylashtirmaslik va havola bermaslikka rozisiz (misol uchun, banner reklamalar yoki Khan Academy materiallarini pulli kirish tizimiga joylashtirish tijoriy sanaladi). Biz istalgan vaqtda materiallarning Khan Academyʼga joylashtirilishi va havola berilishini toʻxtatishni talab qilishimiz va boshqa har qanday saytdan havola keltirish huquqingizni bekor qilishimiz mumkin.