Qanday yordam kerak?

Bolalar akkauntini qanday yarataman?

Yangilangan

 

Agar sizda Khan Academyʼning ota-ona akkaunti mavjud boʻlsa, ushbu sahifaga kirib, “Farzandingizni qoʻshing” tugmasini bosishingiz mumkin. (Hali akkauntingiz boʻlmasa, uni ochish uchun ushbu havolaga bosing.)

“Farzandingizni qoʻshing” tugmasini bosganingizdan soʻng, farzandingizning tugʻilgan sanasini kiritish soʻraladi:

Farzandingizning tugʻilgan sanasi nimalarga ruxsat berishni aniqlash uchun kerak boʻladi.  Bolaning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 13 yoshdan kichik oʻquvchilarning akkauntlari ota-onalar tomonidan boshqariladi. 13 yoshdan kichik oʻquvchilar akkauntlari toʻgʻrisida koʻproq maʼlumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Agar farzandingiz 13 yoshdan kichik boʻlsa

Uning uchun anketa toʻldirasiz (bu akkaunt cheklangan bolalar akkaunti ekanligini ham eʼtiborga oling):

AddChildu13.png

Anketani toʻldiring va akkauntni ochish uchun “Keyingi” tugmasini bosing.

Farzandingiz 13 yosh yoki undan katta boʻlsa 

Sizdan farzandingizning elektron pochta manzili bormi, deb soʻraladi.  Agar bor boʻlsa, unga Khan Academyʼga qoʻshilish taklifini yuborishingiz yoki farzandingiz uchun oʻzingiz akkaunt ochishingiz mumkin:

Agar farzandingizda elektron pochta manzili boʻlmasa (yoki oʻzingiz akkaunt ochishni tanlagan boʻlsangiz), 13 yoshdan kichik bolalarnikiga oʻxshash anketa toʻldirasiz:

AddChildnoMail.png

 

Anketani toʻldiring va “Keyingi” tugmasini bosing.

Agar yana farzandlaringiz boʻlsa

“Boshqa farzandni qoʻshish” tugmasini bosib, akkaunt ochishni davom ettirishingiz mumkin.

Bundan tashqari, xohlagan vaqtda ota-ona bosh sahifasidan “Farzand qoʻshish” tugmasini bosishingiz ham mumkin.

Akkaunt yaratilgandan keyin

Farzand(lar)ingizning akkauntini ochib boʻlgandan soʻng, oʻz sahifangizga qaytishingiz va tizimdan chiqib ketishingiz kerak, shundan keyin farzandingiz oʻz akkauntiga kirishi mumkin. 

Eslatma: Akkauntingizdan foydalanib boʻlganingizdan soʻng, doim tizimdan chiqishni unutmang va farzandingizga ham shuni oʻrgating! Ota-onalar yoki bolalar tizimni tark etishni unutganligi sababli bizga tez-tez notoʻgʻri akkauntga duch kelish holati haqida shikoyatlar kelib turadi.

Quyidagi maqolalarni ham oʻqing: