Qanday yordam kerak?

Foydalanuvchi nomimni qanday oʻzgartirishim mumkin?

Yangilangan

Foydalanuvchi nomingiz yoki haqiqiy ismingizni profilingizdagi “Sozlamalar”  sahifasida oʻzgartirishingiz mumkin. Skrinshotlar orqali koʻrsatilgan bosqichma-bosqich yoʻriqnomalarni akkaunt sozlamalaringizni tahrirlang yoki  profilingizni tahrirlang sahifalaridan topishigiz mumkin.  

Foydalanuvchi nomingiz murabbiylar hisobotida koʻrsatiladigan haqiqiy ismingizdan farq qilishi mumkin. Bolalar shaxsiy sahifalarida foydalanuvchi nomlari va haqiqiy ismlari bir xil boʻladi.

Oʻqituvchilar oʻquvchilarining foydalanuvchi nomlari yoki haqiqiy ismlarini oʻzgartira olmaydilar. 13 yoshdan katta oʻquvchilar oʻzlarining foydalanuvchi nomi va haqiqiy ismlarini oʻzgartira oladi, lekin 13 yoshdan kichik oʻquvchilarning akkauntida bu maʼlumotlarni faqat ularning ota-onalari oʻzgartirishi mumkin. 

Skrinshotlar orqali koʻrsatilgan bosqichma-bosqich yoʻriqnomalarni “Farzandingizning sozlamalarini tahrirlang” sahifasidan topishingiz mumkin.