Bolalar akkauntlari / cheklangan akkauntlar oddiy akkauntlardan qanday farq qiladi?
Yangilangan
13 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchilarimizning maxfiyligini himoya qilish uchun bolalar akkauntlaridagi baʼzi funksiyalar cheklangan yoki oʻzgartirilgan. Eng muhim farqlar quyidagilar:
- Farzandi uchun akkaunt yaratadigan har bir ota-ona bolaning doimiy vasiysiga aylanadi. Ota-onalarning roziligi bilan bolalar akkaunti yaratildi. Agar ular rozilik bildirmasa, akkaunt 7 kundan keyin oʻchiriladi.
- Bolalar akkaunti profilga shaxsiy maʼlumotlarni qoʻsha olmaydi. Ota-onalar oʻzlarining akkaunt sozlamalari yordamida farzandining akkaunt profiliga shaxsiy maʼlumotlarni qoʻshishlari mumkin. Akkaunt “Sozlamalar” orqali istalgan vaqtda oʻchirilishi mumkin.
- Bolalar akkaunti foydalanuvchi nomi va oʻzlashtirish haqidagi maʼlumotdan tashqari oʻz shaxsiy maʼlumotlarini oʻqituvchi yoki murabbiyga oshkor eta olmaydi. Bundan tashqari, ota-onalar akkaunti orqali murabbiy faoliyatini taqiqlashi, tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.
-
Bunday akkauntlar forum muhokamalarida qatnasha olmaydi va savol yoki javoblar joylashtira olmaydi.
-
Biroq bolalar akkaunti foydalanuvchilari dastur yaratishi mumkin:
- Ularning murabbiyi dasturni va uni yaratgan foydalanuvchining ismini koʻrishi mumkin.
- Dasturga toʻgʻridan-toʻgʻri havolasi boʻlgan boshqa foydalanuvchilar dasturni koʻrishlari mumkin, lekin uni yaratgan foydalanuvchining ismini koʻra olmaydi.
- Dastur hech qanday ommaviy roʻyxatlarda koʻrinmaydi.
- Hech kim dasturni yoqlab ovoz berolmaydi.
-
Biroq bolalar akkaunti foydalanuvchilari dastur yaratishi mumkin:
- Bolalar akkauntini yuritish faqat ota-onalardan biri yoki qonuniy vasiyga tayinlanadi. Ushbu qoidani buzish akkauntning toʻliq oʻchirilishiga olib kelishi mumkin.
- Ular elektron pochta xabarlari va Khan Academy axborotlarini qabul qilolmaydilar. Khan Academiyʼdan barcha xabarlar akkauntga bogʻlangan ota-ona yoki maktabning elektron pochta manziliga yuboriladi.
Quyidagi maqolalarni ham oʻqing:
Farzandim 13 yoshdan kichik boʻlsa, tizimga kirishning qanday yoʻllari mavjud?
Khan Academyʼdagi oʻqituvchi akkauntimga qanday qilib qoʻshimcha sinflar qoʻshishim mumkin?